Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet33/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Mashqning maqsadi: ma’lum xatti-harakatlarni imitatsiya qildirishorqali bolalarni urf-odat va an’nalar bilan tanishtirish, shuningdek, ularda milliy xis tuyg‘ularni rivojlantirish.
Mashqni boshlashdan avval boshlovchi bolalarga xalqimizga xos bo‘lgan tozalik, ozodalik, bag‘rikenglik xususiyatlari xaqida hikoya qiladi. Ota-bobolarimiz erta tongdan xo‘roz qichqirishi bilan uyg‘ongani, barvaqtuyg‘onish ish unumini oshirishi va baraka kelishining sababi, deb qarashganini so‘zlab beradi. Kelin va qizlarning ishini ko‘cha va hovli supurishdan boshlashi faqat bizning xalqimizga xos bo‘lgan odatlardan ekani, bu odat zamirida tozalik va ozodalikka intilish, boshqalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, bu orqali ochilishiga sabab bo‘lishiga intilish g‘oyasi yotishi bolalarga tushuntiriladi.So‘ng bolalarning biri xo‘roz, qolgani uyqudagi bolalar rolini ko‘rsatadi. Tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan barcha bolalar qo‘llarini boshi tagiga qo‘yib, uxlayotgandek o‘tiradi.
Xo‘roz rolini o‘ynayotgan bola xo‘rozdek qichqirishi bilan ko‘zlarini ochib uyg‘onishadi. Yuz-qo‘llarini yuvish xatti-harakatlarni bajarishadi. Bir-biri bilan salomlashib, qizlar hovliga suv sepib supurayotganini imitasiya qilishadi. Qiz bolalar vazifani bajarib bo‘lgach, o‘g‘il bolalarga ketmon chopish holatini ko‘rsatib berish vazifasi beriladi. Bolalar bu vazifalarni bajarishga qiynalishsa, boshlovchi avval o‘zi ko‘rsatib berishi mumkin. Mashq yakunida bolalarga ota-bobolarimiz tomonidan erta tongdanoq yumushlarni bajarishga kirishish odati g‘am jismoniy quvvatni oshirsa ham ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgani so‘zlab beriladi. Jumladan Dasturxon atrofi mashqi” mashqning maqsadi: bolalarni milliy qadriyatlarimiz sanalgan kattalarga hurmat va dasturxon odobiga tegishli an’nalar bilan tanishtirish.
Mashq jarayonida har 8-10 ta bola bir oila rolini o‘ynaydi. Bunda bolalar gilamga o‘tqazilib, o‘rtada dasturxon yoziladi. Qizchalardan biri qo‘lida lagan ushlab, yegulik kelayotgandek xatti-harakatini ko‘rsatib beradi. Yana bir bola oila boshlig‘i – keksa buva rolini o‘ynaydi. Dasturxon atrofida o‘tirga oila a’zolari ovqat kelishi bilan oila boshlig‘i ovqat birinchi bo‘lib boshlashini kutishadi. Oila boshlig‘i ovqat yeyishni boshlab bergach, so‘ng boshqalar taom yeyishga kirishadi. Ovqat yeb bo‘lingach, kattalar tomonidan qo‘l ochib duo qioinadi. Shundan so‘nggina oila a’zolari o‘rnidan turib o‘z ishida davom etadi. Bu xatti-harakatlarning barchasi bolalar tomonidan amalga oshiriladi. Birinchi bolalar guruxi bu xatti-harakatlarni bajarib bo‘lgach, rollarni ijro etish navbati keyingi bolalar guruxiga beriladi. Shu tariqa barcha bolalar bu jarayonlarni ijro etadi.
Mashq jarayonida predmetlardan ( supurgi ketmon ovqat ) foydalanmay, ularni xayolan tasavvur etgan holda xatti-harakat bajarish bolada xayol obrazlarining rivojlanishiga ham yordam beradi.
Keksalarga ehtirom mashqi”
Bolalar maxallladagi keksa, betob insonlarning holidan xabar olishga borish holatini ko‘rsatib beradi. Bunda bir bola keksa, betob inson rolini o‘ynaydi, qolgan bolalar uning ahvolidan xabar olishga boradi, bunda bolalar keksa insoning oldiga biron yegulik olib borib, salomlashib, so‘ng hol-axvol so‘rashi lozimligi boshlovchi tomonidan tushuntiriladi. Salom berish chog‘da o‘zbek millati vakillari doimo qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygani eslatiladi.ketish cho‘g‘ida keksa odamdan turishga izn so‘rab, duoyi fotihasidan so‘ng ketish lozimligi o‘qtiriladi. Bolalar bu xatti-harakatlarini imitasiya qilishi lozim.
Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yoshdagi bolaga tushuntirilgan mashklar o‘z ona tili jozibasini xalk qo‘shiklarini makollar topishmoqlar tez aytishlar, dostonlar, ertaklar qo‘shiqlar orqali sezadi xamda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vatandan, uning xalqini milliy an’ana va bayramlari, urf odatlari, qadriyatlaridan baxra olishni o‘rganadilar. Ushbu mashg‘ulotlar orqali o‘zlarining vazifalarini bajarishni kayfiyatlarini ko‘tarishni kattalarga xurmat bo‘lish dasturxon atrofi odobi mexmondorchilik xatti-xarakatlarni bajarishni o‘rganadilar.O‘z xalqining milliy tarixiy, madaniy qadriyatlariga atrof-muxitga xurmat asosida tarbiyalanadi. Mashg‘ulotlar tufayli urf-odatlari xakidagi bilimlari shakillanadi.
Maktabgacha ta’lim mussasalarida jismoniy tarbiya mashqlarni rivojlantirishda milliy xalq o‘yinlari katta o‘rin egallaydi. Bunday o‘yin va sportni turlarini qadim zamonlardan beri xalqimizning xayoti, uning madaniy iqtisodiy, ijtimoiy tomonlarini o‘zida mujjasam etib kelgan jumladan, “Durra”, “Otib qochar” “ Uchtalik to‘ptosh”, “ Xakalakam sharti”, “Ikki tosh”, “Chopiq kulol”, “Jon to‘pim”, “Ko‘ylagim”,”Aylanma quv-quv”,” Quvnoq polvon”, aqliy, axloqiy va estetik kamolotning mezonlari bo‘lsa, xalq an’naviy sporti (“To‘plar poygasi”,”Ovchilar va o‘rdakalar”, “Chir aylanma”, “Otishma”, “Aniq nishonga ol”, “Harakatdagi arqon”, “Tayoqchani tortib ol”, “G‘o‘zani yagonalash” va boshqalar) farzandlar baquvvatligi aqliy va jismoniy yetukligining garovidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida Xalq o‘yinlaridan ko‘zda tutilgan asaosiy maqsad bolani sport o‘yinlariga tayyorlash xisoblanadi. Ajdodlarimiz o‘g‘il- qizlarni barkamol inson bilib tarbiyalashga intilar ekan, uning, eng samarali, ta’sirchan yo‘li milliy o‘yinlari ekanini chuqur anglab yetgan.
Milliy xalq o‘yinlari jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida:
bolalarning xam jismonan, ma’nan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlaydi va tarbiyalanuvchilarning jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqish va ishtiyoqlarini yanada oshiridi.
Maktayugacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilar xamda pedagog tarbiyachilar bolalarda jismoniy tarbiya va sport ma’daniyatini shakillanishi bilan bir qatorda ularning xalqimiz milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarga oid bilim malakalari ortadi, bu esa ularda vatanparvarlik, xalqparvarlik xislatlari qaror toptiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ijobiy ijtimoylashuvini ularning sog‘lig‘ini mustaxkamlashga karatilgan holda ko‘ydagi milliy xalq o‘yinlarini tashkillashtirish mumkin “ Chillak”, “Oshiq”, “Ko‘chmak”,” Piyoda poyga ”,”Arqon tortish”, “ Uzunlikka sakrash”, “Kurash”, “Bekinmachoq” kabilar kiradi.
Bu o‘yinlarni turli tadbirlarda tashkil etish, bu orqali bolalarda umuminsoniy sifatlarni kamol toptirish jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va tarbiyachining pedagogik faoliyati bilan uzviy bog‘liq, albatta. Shundan kelib chiqib, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va tarbiyachi o‘z faoliyatida e’tibor qilishi kerak bo‘lgan jixatlar qo‘ydagilarni
xamoxang ravishda xalqimizning milliy qadriyatlari, odat va an’analar folklori bilan ham yaqindan tanish bo‘lishi, tarbiyalanuvchilarga ayni bilimni berish uchun o‘z ustida ishlashini o‘rgatadi. O‘yinlarni tashkil etish jarayoniga ijodiy yondashishishi, uning mazmun vqa sifatini yanada oshirish yo‘lidan borishi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sport mashg‘ulotlarida xalq o‘yinlari uchun munosib sharoit yarata bilishi, o‘yin maydonini o‘yin qoidalariga munosib darajada jixozlay olishini jismoniy tarbiya yo‘riqchilari bilishi zarur. Bog‘chada xalq o‘yinlarini o‘ynatish orqali, avvalo, ularda ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy ma’daniy sifatlarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratishi shundagina harakatli o‘yinlardan ko‘zlangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erisha olish mumkin.
Milliy an’nalar vositasida bolalar jismoniy tarbiyasini amalga oshirish.
An’nalar- o‘tmishda kelajakka meros qoladigan, avloddan-avlod o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyat, milliy madaniyat, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy urf-odatlar, axloq me’yorlari va qarashlari tizimi. An’nalar yoshlarni tarbiyalash keksa avlod tajribalarga o‘rgatish vositasi hamdir.
Milliy qadriyatlar, turli an’nalar, marosimlar, ommaviy sog‘lomlashtirish, sport tadbirlari, ayniqsa umumta’lim maktablarining o‘qitiuvchi-pedagoglari tomonidan hayotga keng tadbiq etilmoqda. Bunda o‘qituvchilarning yetarli darajada ilmiy-nazariy bilimlarga ega bo‘lishi, xalq pedagogikasining ilg‘or tajribalaridan foydalanishi muxim va zarur. Shundy ekan, jismoniy ta’lim jarayonini milliy qadriyatlar, an’nalari, marosimlari va xalq milliy o‘yinlari asosida takomilllashtirish, rivojlantirish muxim ahamiyatga ega.
Har bir xalqning milliy qadriyatlari, ilg‘or an’nalari, urf-odatlari va marosimlari jaxon madaniyati xazinasiga qo‘shilgan buyuk xissadir.
Ularning ko‘p sohalari mahalliy qobiqdan chiqib, xalqaro axamiyat kasb etmoqda, chunki an’nalarning asosiy turlari va yo‘nalishlari ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari orasida qadimdan tarkib topib, bir-birini boyitib va to‘ldirib kelgan.
O‘zbek xalqining milliy an’nalari avloddan avlodga o‘tib,tarbiyalashda bebaxo xazina xisoblanadi. Buning zamirida milliy ong va milliy o‘zlikni anglash, o‘z millati tarixini, milliy tilini tabiatini, iqtisodiyotini, milliy madaniyatini anglayotganligini unutmaslik kerak. Milliy an’nalar deganda, qadimgi ajdod va avlodlarimizningijtimoiy turmush sharoitida doimiy ravishda qo‘llanib kelingan turli bayramlar, sayllar, to‘ylar, turli marosimlar, ma’rifiy tadbirlar ham tushuniladi.
Milliy an’nalar mazmuni beqiyos, keng va boydir. Ular ijtimoiy-madaniy jarayonlarning tarixiy rivojlanishi natijasida zamon ruxi va davr talablari asosida mazmunan boyib, shaklan takomillashib bizgacha yetib kelgan.
O‘zbek xalqining milliy an’nalarini ilmiy-nazariy jixatdan taxlil qilgan miliy an’nalar sifatida namoyon bo‘ladigan xalq bayramlari jismoniy ta’lim jarayonida muxim ahamiyat kasb etadi. Bu borada professor U.Qoraboevning olib borgan tadqiqot ishlari ahamiyatlidir. Eng muxim tomoni shundaki, U.Qoraboev O‘zbekistonda qadim zamonlardan buyon an’naviy ravishda o‘tkazilib kelingan va so‘ngi yillarda mazmunan va shaklan zamonaviy tus olgan ko‘pgina bayramlar, marosimlar, urf-odatlarni chuqur o‘rgangan. Olim tadbirlarning ijtimoiy ahamiyatligiga qarab bir qator tofalarga ajratadi, ya’ni:
Ommaviy bayramlar- an’nalar, odatlar, marosimlar, bayramlar (xalq namoyishi, tantanali bayramlar, kechalar, teatrlashtirilgan tomoshalar, xalq o‘yinlari, musobaqalar).
Zamonaviy bayramlar-yangi yil bayrami, tabiatsevarlar bayrami, gul va qush bayrami, Mexrjon va h.k
Mexnat bayramlari-Navro‘z bayrami, qishloq xo‘jalik xodimlarining mehnat (hosil) bayrami, urug‘ qadash (sepish) va birinchi gul (boychechak) bayrami, hosil bayrami, sanoat ishchilari mehnat bayrami.
Madaniyat bayramlari- ma’rifat bayrami, san’at bayrami, folklor bayrami, kinochilar bayrami, badiiy sport bayrami, xalqaro do‘stlik bayrami.
Oilaviy xususiy bayramlar-tug‘ilgan kunlar va muchal yoshi, beshik to‘yi, birinchi qadam (yurish) bayrami, sunnat tuyi, maktab yoshiga yetish bayrami, nikoh to‘yi, kumush, oltin va olmos to‘ylar, faxriylikka kuzatish. Ijtimoiy-siyosiy bayramlar-Mustaqillik kuni, Xotin-qizlar kuni, Talabalar kuni, Xotira kuni, O‘qituvchilar kuni, Jismoniy madaniyatchilar kuni Yoshlar kuni, Nogironlar kuni va boshqalar.
Diniy bayramlar-Ro‘za( ramazon) hayiti, Qurbon hayiti. Yuqorida nomlari qayd etilgan bayramlar, marosimlar, urf-odatlarni xalqimizning zamonaviy milliy an’nalariga aylanibketgan eng muxim yirik tadbirlari, anjumanlari desa bo‘ladi. Tabiyki, deyarli barcha tadbirlarning o‘ziga xos xususiyatlari va maqsadlari bor. Ularning mazmunida ijtimoiy-tarbiyaviy va ommaviy sog‘lomlashtirishga oid pedagogik jarayonlar mujassamlashib ketganligini ko‘rish mumkin. [36]
Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki O‘zbekistonimizda xaqiqatan ham milliy an’nalar alohidaligicha yashay olmaydi. Har qanday an’nalar umuminsoniylik an’nalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. An’nalar milliylikdan mintaqaviylikka, mintaqaviylikdan umuminsoniylikka qarab rivojlanadi. Shunday muqaddas qonuniyatni inobatga olgan holda milliy an’nalarni saqlash, asrab-avaylash, ularni rivojlantirish va asosiysi ta’lim va tarbiyada qo‘llab borish hozirgi pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanib kelmoqda.
Xozirga zamonda milliy an’nalar mazmunida barcha tarbiyaviyaviy shart-sharoitlarning to‘la mujassamlashishi tabiiy bir holdir. unda fuqarolarni, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarni mehnat qilish, kasb-hunar egallsh, Vatan himoyasiga tarbiyalab voyaga yetkazish kabi hayotiy faoliyatlar yig‘indisi aks etgan. Bunda jismoniy tarbiya va sportning o‘ziga xos o‘rni va xususiyati borligini inkor etib bo‘lmaydi. Respublikamizda turli an’naviy bayramlar, to‘ylar, marsimlar, ayniqsa “ Navro‘z”, “ Mustaqillik kuni”,” Hosil bayrami”, O‘qituvchilar kuni, Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan sog‘lomlashtirish musobaqalari, ta’til paytlaridagi sport musobaqalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va umum o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazib kelinmoqda “Quvnoq startlar”ga tayyorgarlik, “Maxalla polvonlari”, maxallalarda “Sog‘lam oila” “Sog‘lom oilla davlat tayanchi ” boshqa ko‘pgina ommaviy hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkil qilinishi an’nalarini ulug‘lash, davom ettirish bo‘yicha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunga o‘xshash sport tadbirlariva xalq milliy o‘yinlari, ayniqsa, kupkari-uloq, poyga, kurash, dorboz, tosh ko‘tarish va boshqa shu kabi milliy harakatli o‘yinlar xalq tomonidan e’zozlanib kelinmoqda. Shuning uchun ulardan to‘ylar, udumlar, maxalla va qishloqlardagi an’anaviy tadbirlar dasturida chegaralanmagan tarzda foydalaniladi.
Bolalarning maktabgacha tarbiya olishi, umumiy maxsus bilimga, professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan yoshlarni shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini, ularning jismoniy rivojlanishini ta’minlashda jismoniy ta’limning o‘rni g‘oyat kattadir. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-olam haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va anglashga o‘rgatish.
Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, halqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy ma’naviyatini takomillashtirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish orqali ular tomonidan har tomonlama bilimlarni egallashi, psixik jarayonlarning rivojlanishi, qobiliyatlarini o‘sishi, dunyoqarashini shakllanishi, axloqiy sifatlar, ijobiy xulq-atvor odatlarini o‘zlashtirilishiga erishiladi.
Bolani o‘rab turgan atrof-olam haqidagi tushunchalar: ona Vatanga muxabbat, ularni tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va ijodi bilan tanishtirish mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati xaqidagi bilimlarni boyitishda muxim ahamiyat kasb etadi.
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam” o‘quv dasturida turli yosh guruh bolalarini atrof-olam haqidagi tushunchalarini shakllantirishda “Bilish jarayoning rivojlanish soxasi” 6-7 yoshli bola kompentensiyalari bo‘yicha quyidagi bilimlarni egallashi ko‘zda tutiladi: atrof muxitdagi voqea xodisalarni va ko‘rinishlarini kuzatadi tadqiq qiladi.
Vatan maxalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustaxkamlash borasida “O‘zbekiston-mening Vatanim ” mavzuda bir oy davomida “ Mening shaxrim- mening mahallam”, “Men va mening oilam”,”Men va mening do‘stlarim”,” O‘zbekistoning oq oltini ”,”Transport bilan tanishuv”,” Yer usti transporti”, “Havo suv va yer usti transporti”, “Bizning ishlarimiz”,”Barcha kasblar muxim”,”Vatan himoyachilari kuni”,”Bizning inoq mamlakatimiz”,”Bizning mamlakatimiz-do‘stlik va tinchlik mamlakati”,”Qo‘shni” mamlakatlar” haqidagi tushunchalarni mustaxkamlash;
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi mavzulari asosida bola qalbida o‘z millatiga muhabbat, milliy g‘urur hissini tarbiyalash. Bolalarni tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va ijodi bilan tanishtirishni davom ettirish; ulug‘ allomalar Alisher Navoiy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek musavvir Kamoliddin Begzod xaqidagi tushunchalarni aniqlash va mustaxkamlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bayramlar: Bolaning umumxalq bayramlari bilan tanishtirishda ularning psixologik xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olgan holda samarali natijaga erishishda mavzularni to‘g‘ri tanlay olish maqsadga muvofiqdir. 1 sentabr - Mustaqillik kuni, 1 oktabr - O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 1 yanvar - Yangi yil bayrami, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21 mart - Navro‘z bayrami, 9 may - Xotira va qadrlash kuni haqidagi tasavvurlarini yanada kengaytirish va boyitish; bolalar bilan birgalikda 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish bayramlarini nishonlash; shakl va mazmun jihatdan xilma-xil bo‘lgan bayramlar, sayllarni muntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan, “Mehrjon”, “Qovun” sayli, qushlar, gullar bayramlari va boshqalarni nishonlash sog‘lom avlodni tarbiyalashda yaxshi samara berib kelmoqda.
Maktabga ta’lim tashkilotlarida mashhur sarkardalar bolaning ulug‘ sarkardalar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bilimlarini kengaytirish; O‘zbekiston harbiy qo‘shinlari va ularning vazifasi, 14 yanvar harbiylarning kasb bayrami ekanligi haqida tasavvurlarini kengaytirish. Shunday ekan, mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanish – milliy qadriyatlar va an’analar tayyorlash jarayoni bilan bog‘liqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolani o‘zbek xalq amaliy san’ati, milliy hunarmandchiligidan: zargarlik, zardo‘zlik, misgarlik, ganchkorlik kabilar bilan tanishtirish; xalq ustalari tomonidan tayyorlangan buyumlardagi; kashtachilarning tikkan so‘zanalari, zargarlarning nozik did bilan yasagan taqinchoqlardagi go‘zallikni, ranglar jilosini his qilishga undash. Shu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga, amaliy san’at asarlariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xalq milliy o‘yinlari an’anaviy bayramlar, marosimlar, udumlar va ommaviy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining tarkibiga kirib borayotgan eng muhim pedagogik jarayonlardan biri, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu masalalarni o‘rganish va ilmiy nazariy manbalarni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, jismoniy tarbiya vositalari deyarli barcha ommaviy – an’anaviy bayramlar, marosimlar mazmunida axolini jalb etish, ijtimoiy – madaniy va ma’naviy jixatdan tarbiyalashda aloxida o‘rin tutadi.
Ma’lumki,O‘zbekistonda dorboz, polvonlik o‘yinlari (kurash, tosh ko‘tarish, bilakda kuch sinash va x.k), turli xil milliy harakatli o‘yinlar piyoda poyga va shunga o‘xshash qiziqarli o‘yinlar juda ko‘p. Ularni yozib oli, videofilmlarga tushirish, to‘ylar, bayramlar, turli marosimlarda ularni namoyish qilish zarur, chunkmi o‘yinlarni yoshlar hayotiga sindirib borish milliy an’analarni o‘rgatishda muxim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda milliy an’analar va urf-odatlarni qayta tiklash borasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov katta tashabbus ko‘rsatgan. Jismoniy tarbiya va sport xavida hukumatimizning bir qator qarorlari chiqdi. Bu qarorlar samarasi sifatida respublikamizda jismoniy tarbich va sport rivojlanmoqda, hamda xalq an’analari, jangovar va mexnat an’analari, bayramlar va marosimlar o‘tkazilishini yanada takomillashtirish hamda erishilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.”Bahor”, “Navro‘z”, “Birinchi xosil” bayramlari “Baxodir polvonlar”, “Aksiyabozlar”,”Dorboz”, “Uloq ko‘pkari ” shuningdek katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan va xozirgi tarbiyaviy ishlarda o‘z samarasini beradigan boshqa urf-odatlar va marosimlarni nishonlashga qaratiladigan tadbirlar o‘tkazish an’ana tusiga kirib qoldi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling