Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 300.05 Kb.
|
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil
Sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning rang-barang yo‘l-yo‘riqlar, usul va metodlari mavjud bo‘lib, uning omillari ham ko‘p. Ayniqsa, bolalarni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilish, badan tarbiyasi va sport bilan shug‘ullantirish, turli-tuman milliy harakatli o‘yinlarni o‘rgatish muximdir. Bola tarbiyasining bu tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir. Shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya, turizmning, sportning boshqa milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy1 etish, ayniqsa, milliy sport o‘yinlari xaqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni boyitish va shular asosida yoshlarimiz o‘rtasida keng tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqida fikrni ilgari surdi. Zero, milliy harakatli o‘yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga daxldor bo‘lib, ularni yig‘ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muxim va zaruriy vazifalardan biridir.
Xalq xarakatli o‘yinlari, milliy sport turlari asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelgan. Ular bolalarni bo‘sh yurmay, foydali mashg‘ulotga o‘rganishlari, sog‘lom o‘sishlari, ka’tiyatli bo‘lishlariga yordam bergan. Har bir o‘yin biror foydali maksadga yo‘naltiriladi. Bola o‘yin davomida xar kanday xolat yoxud vaziyatda xam maqsadga erishishga xarakat kiladi. Bu o‘yinchining ichki ruxiy extiyoji darajasida o‘sib boradi. Extiyojni qoniqtirish o‘z navbatida qa’tiyatlik, sabr matonat, chiddamlilik, fikrlash, topkirlik, xozir javob bo‘lish singari fazilatlarni talab etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va bolalarga o‘rgatishga jismoniy tarbiya yo‘riqchilari qo‘ydagilarga aloxida e’tibor berishi kerak. Bolalarni jismoniy xarakatlarga o‘rgatish yugurish, sakrash, uloqtirish, irg‘itish, ushlab olish, muvozanatni saqlash va shu kabilarni tartib –qoidali bajarish. Sabr chidamga o‘rgatish o‘z-o‘zini erkin boshkarish va o‘ziga ishonchini tarbiyalash.Malaka va ko‘nikmalarini xosil qilish, bolalarni fikrlashga o‘rgatish mashg‘ulotlarda xozirjavoblik bo‘lishga tayyorlash, o‘yinlarni bolalar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishda tarbiyachi bilan birgalikda olib borishga yo‘naltirishi zarur. Mashg‘ulotlar va o‘yinlar jarayonida bolalarning jismoniy tayyorligi va yosh xususiyatlariga e’tibor berish, o‘yinlarni ijtimoiy-foydali mexnat bilan bog‘lash ussullarin izlab topish va hayotga tatbiq etishi o‘yin davomida birdamlik va hamdardlikka bolalarni o‘rgatish jamoa bo‘lib harakat qilish va jamoa manfaatiga xurmat ruxini tarbiyalash va shu kabilarni bilishi kerak. Milliy qadriyatlarimizni tarannum etish bolajonlar orasida keng targ‘ib qilish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari milliy o‘yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, kitob va qo‘llanmalarda berilgan o‘yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jixatlarini bilishi kerak. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, o‘yin vazifasi qo‘yilganda, faqat g‘arakatlarga mos bo‘lishi shart emas, balki bunday o‘yinlar yordamida bolalarda o‘zaro yordamlashish, qo‘llab-quvvatlash xissiyotlarini tarbiyalash lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya tarbiyaning tarkibiy qismlaridan asosiysi hisoblanadi. U bolalarni jismoniy jixatdan kamol tapishiga, sog‘lig‘ini mustaxkamlashga, ijtimoiy foydali mexnatga, hayotga Vatan himoyasiga eng yaxshi tarzda tayyorlashni ta’minlashga qaratilgandir. Mustaqillika erishgach, O‘zbekistonda yosh avlodni bardam, baquvat, aqliy va ruxiy jixatdan barkamol inson qilib tarbiyalash muxim masala xisoblanadi. Shu sababli axoli sog‘lig‘ini muxofaza qilish xakida- O‘zbekiston xukumati tomonidan juda ko‘p farmonlar chiqarildi. Mustaqil O‘zbekistonimizda jismoniy tarbiyaga nakadar katta axamiyat berilgan. Yosh avlodni bollalik chog‘idan boshlab jismoniy jixatdan sog‘lom, ularda jismoniy va ma’naviy kuchlarni uyg‘un ravishda rivojlantirishni ta’minlash muxim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya tizimi jarayoniga yangicha yondashish, bola tarbiyasidagi o‘zbek xalqining milliy an’nalari qadriyatlari, xalq pedagogikasining ulkan tajribasi hamda o‘ziga xos xususiyatlari, mintaqa iqlim sharoitlari bolaning jinsi, yosh bosqichlari, ularning anatomik-fiziologik, gigienik jixatlari, barcha ijobiy xususiyatlarini o‘zlashtirishni masalalari aloxida o‘rin egallaydi. Oxirgi yillarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida jismoniy rivojlanish jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash, ularni jismoniy sifatlarini asosiy xarakatlarni o‘rgatish metodik jismoniy dastu4ri bo‘yicha bir qancha mualliflarning ishlarida tavsiya etilgan. Bolalar xayotining 5chi 6chi yoshlarida undagi xarakatlar yanada aniqlashadi. O‘zaro xaraktlarning moslashuvi tiklanadi. 6-7 yoshli bolala ko‘proq xarakat qiladilar, o‘zini tuta biladi .Shuning uchun o‘z xarakat a’zolaridan moxirlik bilan foydalanadilar ularning xarakatlari yetarli darajada uyg‘unlashgan hamda aniq bo‘ladi. Ular xarakatlarini tevarak atrofiga sharoitiga qarab bir-biriga muvofiqlashtira oladilar. Xozirgi kunda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy ma’naviyatini takomillashtirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mexribon, tashabbuskor, o‘z xarakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muxitda mustaqil xarakat kila oladigan, maktabdagi o‘kishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni xar tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi aloxida ahamiyatini belgilab beruvchi muxim vazifasi xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi milliy va harakatli o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasiga bog‘liq. Chunki ular bu yoshdagi bolalar kun tartibida muxim o‘rin egallaydi. Xarakatlarni va o‘yin soatlari vaqtida bolalarning harakat faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, ta’lim xar doim rivojlanishiga olib borsin. Buning uchun o‘yinlar nafaqat bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan, va ular qiyinchiliksiz uddalaydigan harakatlarni, balki ular yetarlicha zo‘riqish bilan bajaradigan harakatlarni ham o‘zichiga olishi kerak bunda nafaqat mavjud darajadagi jismoniy va psixik rivojlanish, balki bolalarning kelgusi imkoniyatlarini ham xisobga olish kerak. Bu juda muxim chunki o‘ta murrakkab topshiriqlargina uni bajarish uchun to‘g‘ri tashkil etilgan sharoitlarda bolaning rivojlanish zaxiralarini faollashtirish, organizimda uning psixik va jismoniy imkoniyatlariga o‘ziga xos qo‘shimchaga sabab bo‘ladigan o‘zgarishlarni yuzaga keltirish mumkin. O‘yinlar vaqtida harakat faolligi natijasida bolada yangi bilimlar, malakalar, xulq-atvor shakllari va faoliyat turlari shakllanadi. Shuning uchun ta’lim beruvchining asosiy vazifasi bolalar faoligini kuchaytirish va jismoniy ta’limining turli vositalari, jumladan, milliy va harakatli o‘yinlar yordamida uni boshqarishdan iborat. Bolalar faolligini qanday kuchaytirish va harakatli hamda milliy o‘yinlar o‘tkazish vaqtida uni qanday boshqarish mumkin. O‘yin syujeti yoki harakatlanish topshirig‘ini tushuntirish vaqtida bolalarda topshiriqni albatta bajarishga undaydigan sabablarni shakllantirishda yo‘naltirish kerak. Buning uchun bolalar ma’lum tajribaga ega bo‘lishlari kerak, uning tarkibiga ushbu o‘yinga xos bilimlar, haorakatlanish ko‘nikmalari, o‘zining va jamoasining harakatlarini taxlil qila olish va baxolash kiradi. Bolalarning xarakat faoliyatini tarbiyaviy maqsadga yo‘naltirish kerak, ya’ni bolalar qanday muayan harakatlanish malakalarini bilan tanishishlari va qaysilarini o‘zlashtirishlari, o‘yindan qanday yangi ma’lumot olishlarini bilishlari kerak. Bolalarning harakat faoliyatini xarakatlanish testlarining dastlabki ma’lumotlari bilan taqqoslay oladigan aniq oxirgi natija bo‘yicha baxolash kerak. Kun tartibida milliy va harakatli o‘yinlarni bolalarning harakat faolligi va psixik funkitsiyalarini kengaytirishda qo‘llash mumkin. Hozirgi kunda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun o‘yinlardan foydalanish yuklamaning jadallik maktabgacha ta’limning o‘kuv dasturlarida ishlab chiqish darajasini ko‘rishimiz mumkin. Bu asosida bola faolyati har doim erkin, ongli va mashqlar ilan boshqariladigan bo‘ladi. Amalga oshirish uchun bola tegishli harakatlanish va jismoniy sifatlariga ega bo‘lishi kerak. Bunda qanday xislatlar kerak, ularning rivojlanish darajasi qanday, bu nima bilan aniqlanadi, ularning ko‘lami qanday va psixik funksiyalar bilan aloqasining qanday xususiyatlari borligi muxim. Bugungi kundan jismoniy ta’lim va madaniyatiga nazar tashlaganda, ko‘proq ishonch hosil qilish mumkin. Har bir davr o‘ziga xos ta’lim mazmuni, shakl va metodlarini talab qilgandek, jismoniy ta’lim ham mustaqillik yillarida o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Shunga ko‘ra mustaqillik yillarida jismoniy ta’limning mazmuning xalqimizning boy milliy an’analarini kiritish, dastur,o‘quv qo‘llanmalari, darsliklarga yangi rux berish asosida zamon talabi darajasida yangilanadi va ba’zilari takomillashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida, jismoniy ta’lim mazmunini milliy an’nalar vositasida tashkil etishda unga yangi talablar qo‘ydi. Milliy an’analarni jismoniy ta’lim mazmuniga kiritishda ilg‘or texnika va texnologiyalar hozirgi davrda jismoniy tarbiyaning eng zamonaviy usullaridan foydalaniladi va tadqiqot jarayonida ma’lum natijalarga erishiladi. Xozirgi kunda mexnat qilish, yashash uchun avvalo xar bir inson sog‘lom bo‘lishi kerak. Sog‘lom turmush kechirish va uzoq umr ko‘rish uchun esa faqat mexnat qilish, dam olish, ovqatlanishning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun inson jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga yoshlikdan odatlanishi kerak. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishning o‘ziga xos tartib va qoidalari bor.Bu qoidalar asosan jismoniy tarbiya fakultetlarida mutaxassislar tayyorlash jarayonida o‘rgatadi. Ya’ni jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar, tashkilotchilar, jamoatchi faollar jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilishda maxsus tartib va qoidalarga rioya etishi kerak. Shuni ham ta’kidlash joizki, o‘quvchi yoshlarga jismoniy bilim berish bilan birga xalq milliy an’analarini singdirish hamda ularni xar tomonlama jismoniy kamolatga erishishda o‘qituvchining mahorati, boy tajribasi ma’naviy saviyasi o‘zishiga ijodiy yondashishi asosiy o‘rin tutadi. Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling