Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


«Navro’z», «Mustaqillik xuli» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish


Download 300.05 Kb.
bet42/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

«Navro’z», «Mustaqillik xuli» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish

«Navro’z» bayrami, hosil bayrami, to’ylar qadimgi milliy an’analardan hisoblanadi. Ularning safiga mil­liy bayram sifatida «Mustaqillik kuni» bayrami ham qo’shildi. Bu an’anaviy bayramlar. xalq sayillari va to’ylarda kurash, ko’pkari /uloq/, poyga, otdan ag’darish, «qiz quvmoq», dorbozlik, tosh ko’tarish, bilak kuchini sinash va boshqa o’nlab o’yinlar doimiy ravishda qo’llanib kelingan. Ular haqida «Achpomish», «Go’ro’g’li», «Qirqqiz», «To’maris» afsonasi, «SHohnoma», «Manas» kabi juda kup dostonlar guvohlik beradi.
O’zbekiston istiqlol sari dadil borar ekan, xalq mil­liy o’yinlari milliy qadriyatlar sifatida yanada e’zozlanmoqda. O’lar «Navro’z», «Mustaqillik kuni», «Hosilbayrami», kasb-hunar bayramlari, to’ylar va ulug’ sanalarni nishonlash jarayonlarida yangi shakl va mazmunda keng qo’llanilmoqda.
O’zbek kurashi xalqaro sport maydoniga chiqdi. Sportning bu turi bo’yicha jahon chempionatlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. SHu tufayli kurash shahar va qishloq yoshlarining sevimli sporti sifatida ommalashmokda.
Qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkarisiz o’tkazidmaydi. Otlarning zotini ko’paytirish, chavandozlar sonini oshrish borasida qishloq, qo’rg’on faollari jiddiy ish yuritmoqtsa. Barcha milliy bayramlarimizda faqat chavandoz polvonlargina emas, hatto yoshlar ham poyga, ko’pkari va boshqa xalq miliy o’yinlarida faol qatnashmoqdalar.
1991 yil aperldan buyon respublika miqyosida xalq mil­liy o’yinlari, musobaqalari, «Alpomish» o’yinlari festivallari o’tkazilayotgani haqida yuqorida bayon etilgan edi. Ayollar yiliga bag’ishlab o’gkazilgan xalq milliy o’yin­lari «To’maris» festivali xalq milliy o’yinlarining mazmun va shakl jihatdan boyligi, ularning ijtimoiy pedagogik mohiyatlari qenchalik ustun ekanligini namoyish qildi.
Ta’kidlash lozimki, markaziy shaharlar miqyosida va ba’zi qo’rg’on, qishloq hamda mahallalarda o’tkazilayotgan Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayramlari hamda to’ylarda xalq milliy o’yinlari namoyish shaklidagina olib borilmokda. Bu esa yoshlarning o’zaro bellashuvi va o’yinlarning ommalashuviga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Mahallalar va qishloqlarda o’tkazilayotgan an’anaviy bayramlarda halq milliy o’yinlarini tashkil qilishda mahalla oqsoqollari kengashi faollari, jismoniy tar­biya va sport mutaxassislari yaqindan turib o’zaro hamkorlik qilishlari zarur. SHunga asosan ko’pchilik ishtirok etadigan xalq milliy o’yinlarini mazmun va qoidalarini ixchamlashtirgan holda tashkil qilish lozim bo’ladi.
Bunday tadbirlarda mahalliy xotin-qizlarining ishtirokini ta’minlash xalq milliy o’yinlarining turlaridan keng foydalanishga olib keladi.
Xalq milliy o’yinlari shug’ullanuvchilarshshg insoniy fazilatlari va jismoniy sifatlarini maqsad yo’lida tarbiyalashda milliy qadriyatlarga tayanadi va ma’naviyjismoniy kamolotni o’stirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlar e’tiborga olinsa, mahalla oqsoqollari kenga­shi faoliyatщsh kuchaytirish va xalq milliy o’yinlaridan foydalanishni ta’minlashda ijobiy tomonlarga siljish bo’lishi mumkin.
Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha turli jamoalar, to’garaklar tashkil qilish
Mahallalar, mavzelar, ko’chalarda bolalar va o’smirlarning guruh /5-10 kishi/ bo’lib futbol, tennis, badmin­ton va turli harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari odatiy bir holdir. Goho ular ichyda taklif va tashabbuslar chiqib, ko’chalararo, mavzelarda esa uylararo /dom/ musobaqalar o’tkazib turiledi. Bunday hollarda tashkiliy va hakamlik ishlari bolalarning o’zidan chiqadi, ya’ni sport mutaxassislari bundan chetda qoladi. Natijada ba’zan turli baxslar, shartlarni bajarmaganliklari uchun mojarolar bo’lib turadi. Bu esa yoshlar orasida g’arazgo’ylik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Oqibatda otaonalar orasida norozilik, xasadgo’ylik vujudga keladi va ularga mahalla oqsoqollari kengashi xodimlari aralashishga to’g’ri keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha komandalar tuzish, ularga sport ishqibozlari, mutaxassis­lar boshchilik qilishlari lozim.
Buning uchun esa quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.

  1. Mahalla oqsoqollari kengashi idorasi oldida ko­manda tuzish to’g’risida afisha osib qo’yish, faollar or­qali bolalarga og’zaki e’lon qilish, radiouzel tarmoqlari, telefonlardan foydalanish.

  2. Murabbiylar va hakamlar tarkibini tuzish, ular­ning vazifalarini belgilash.

  3. Yig’ilgan bolalarni ro’yxatga olish va ularning xohishlari bo’yicha jamoalar tuzish.

  4. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maktabning o’yin va sport zallari yoki ishlab chiqarish korxonalarining sport inshootlaridan foydalanish.

  1. To’garaklar tashkil qilish

Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanuvchilarni bir joyga to’plab, komandalar mashg’ulot­larini to’garak sifatida tan olish, ularning barchasini uyushgan holda jismoniy tarbiya jamoasi yoki uyushmasini ta’sis etish. Barcha faoliyatlarni yuritish uchun kengash saylash /har bir sport turi komandasining sardori (ka­pitan) kengash a’zosi etib saylanadi hamda uning raisi /prezidenti/ni ham saylash lozim bo’ladi.
Jamoa /uyushma/ kengashi raisi va a’zolari mahalla oqsoqollari kengashi bilan doimiy aloqada bo’lishi va hal qilinishi zarur bo’lgan masalalarni moslashtirib turishi kerak.
Mahalla oqsoqollari kengashi, o’z navbatida, mahallada tashkil etilgan sport jamoasi /uyushmasi/ haqida tuman-shahar hokimiyati, sport qo’mitasi va boshqa mas’­ul idoralarga ma’lum qilishi lozim. SHu tariqa mahalladagi komandalar, to’garaklar va sport jamoasining tashkiliy-tarkibiy, uning Nizomi va boshqa zarur tomonlari huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi shart.


  1. Download 300.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling