Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Maktab o’quvchilarida milliy urf-odatlarni shakllantirish


Download 300.05 Kb.
bet40/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Maktab o’quvchilarida milliy urf-odatlarni shakllantirish.
Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni zamonaviy talablar asosida voyaga yetkazish asosiy vazifalardan biridir.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga milliy urf-odatlarni singdiri sh masalasi zaruriyat bo‘lib turibdi. Ma’lumki, urf-odatlar barkamol insonni tarbiyalaydi. Urf-odatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariniyoshlarni haqiqiy vatanparvar bo‘lish, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatni qaror toptirish, O‘zbekistonning buyuk kelajagini yaratishda eng olijanob ishlarda faol qatnashishga undaydi. Chunki, “Milliy urf-odatlar” tushunchasidagi “milliy” so‘zining ma’nosi “muayyan xalqqa xos bo‘lgan ususiyatlar majmui” ni, milliy urf-odatlar har bir millatga taalluqli bo‘lgan an’analarimiz, odatlarimizning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz, tushuncha, milliy meroslarimizning majmuasidir.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga milliy urf-odatlarni singdirish ilmiy va pedagogik muammo hisoblanadi. Bu masala nafaqat ijtimoiy jihatdan, balki siyosiy jihatdan ham asosga egadir. Chunki bola dastlabki ta’lim, tarbiya va ijtimoiylashuvni boshlang‘ich sinflarda oladi. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi milliy urf-odatlar asosida ta’lim-tarbiya olishni, unga tayangan holda o‘quvchi ongi va axloqini shakllantirish kerak. Bularning barchasi milliy urf-odatlarni singdirishning pedagogik va metodologik asoslaridan xabardor bo‘lishni taqozo etadi. Shu sababli milliy urf-odatlarni singdirishning pedagogik asoslari, metodologiyasi, usullari, vositalari, texnologiyalari va qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Mazkur masalalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy urf-odatlarni singdirishning zaruriyat yo‘nalishlarini belgilashni taqozo etadi. Bunday yo‘nalishlarning ko‘lami keng, ammo ulardan quyidagi uchtasi bizning nazarimizda, dolzarb hisoblanadi:
1) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga milliy urf-odatlarni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish;
2) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quvchilarda milliy urf-odatlarni shakllantirishning mexanizmlarini yaratish;
3) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy urf-odatlarni shakllantirish ishining monitoringini yo‘lga qo‘yish.
Ta’lim muassasalarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy urf-odatlarni shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish taqozo etiladi. Bu borada quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:
a) qonunlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va davlat ta’lim standartlariga asosan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ta’lim jarayonida milliy urf-odatlarni shakllantirishning optimal metodologiyasini ishlab chiqish;
b) milliy milliy urf-odatlarni shakllantirish asoslarining pedagogik omilini belgilash. E’tibor berilsa, bu masalalar hal qilinishi lozimligi bilan dolzarb hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda ilmiy ta’lim muassasalarida konseptual va texnologik shart-sharoitlar yetarli, faqat tashkiliy ravishda amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Zero, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda milliy urf-odatlarni shakllantirish istiqboli ijtimoiy, pedagogik va amaliy zaruriyatga ega. ega. Shu sababli bugungi kunda ota-bobolarimizdan qolgan boy meroslari o‘rganilib, ularning bizga qoldirgan urf-odatlari, an’analari, rasm-rusumlari, ma’naviy va ma’rifiy, ilmiy asarlari qayta tiklanib, amaliyotda keng foydalanilmoqda. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dars va darsdan keyin olib boriladigan mashg‘ulotlarda, tarbiyaviy tadbirlarda o‘quvchilarni tarbiyalashda milliy urf-odatlardan keng foydalanishlari zarur. Biz bundan unumli va samarali foydalanishimiz asosiy vazifamizga aylanishi kerak

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling