Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet35/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
Milliy an’analar va katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular insonlarni qalban yaqinlashtirib, do‘stlik, birodarlik xis-tuyg‘ulari, ezgu fazilatlar rivojlanishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy tarbiyalashda milliy an’nalarni xususiyatlarni rivojlantirishda milliy xalq o‘yinlari jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida tarbiyalanuvchilarga korreksion tadbirlarni olib borishda urf-odat va marosimlarning samarali ta’siridan unumli foydalanish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotida jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakillantirish rivojlanish soxasida bolalarning haraktga bo‘lgan extiyojini milliy xalq o‘yinlari va boshqa millatlar sport o‘yinlari ularning yosh xususiyatlariga mos jismoniy mashqlar yordamida rivojlantirish etib belgilangan. Shuni ta’kidlash joizki ta’lim-tarbiya tizimida milliy qadriyatlar, an’analardan foydalanishga aloxida e’tibor qaratilgan. Chunki, an’analar-o‘tmishdan kelajakka meros qoladigan, avloddan-avlodga o‘tadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlar milliy madaniyat, maishiy ijtimoiy-siyosiy, diniy urf-odatlar, axloq me’yorlari tizimidan iborat qimmatli tushuncha sanaladi. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularni keksa avlod tajribalarga o‘rgatish vositasi hamdir.
Shunday ekan, yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida milliy an’nalardan samarali foydalanish hozirgi kunning dolzarb mamosi sanaladi. Milliy qadriyatlarimizni tarannum etish bolajonlar orasida keng targ‘ib qilish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari milliy o‘yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, kitob va qo‘llanmalarda berilgan o‘yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jixatlarini bilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida milliy an’analar asosida ommaviy sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilish jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini va ularda milliy an’analarni qo‘llash bolalar ongiga singdirish yo‘llarini an’analar, bayramlar marosimlar va ularning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati milliy harakatli o‘yinlarni va ularning jismoniy tarbiyasida foydalanish usullarini tashkil qilish tartibini dasturiga ham haftalik mashg‘ulot rejalariga kiritilishi kerak. Buning uchun pedagoglar maqsadlarini anglagan holda milliy an’analar, qadriyatlar haqida tushunchalar, milliy va umuminsoniy an’analar qadrichtlarning tarbiyaviy ahamiyati an’analarga doir ilmiy-uslubiy ommabop adabiyotlar haqida ma’lumotlar foydalansa ijobiy natijalarga olib keladi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling