Замаонавий менежер


Download 79.91 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi79.91 Kb.
#1772988
Bog'liq
Taqdimot 6-mavzu

BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH


1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar
2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
3. Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish
4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
REJA
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayayn bir fikrga kelishdir.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi.
Qaror qabul qilish – bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan yeng maqbulini tanlash jarayonidir.
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi.
Qabul qilingan qarorning oqilonaligi bir necha omillarga bog’liq:
- axborotning to’liqligi va sifati;
- qaror qabul qiluvchining shaxsiy sifatlari;
- qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi.

Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar: - ilmiy asoslanganlik; - bir-biri bilan aloqador va yakdillik; - huquq va javobgarlik doirasida bo‘lishlik; - aniq va to‘g‘ri yo‘nalishga egalik; - tezkorlik; - vaqt bo‘yicha aniqlik; - samaralilik.


Bоshqаruv qаrоrlаri unsurlаri
Vazifa
Vosita
Javobgarlik
Muddat

2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi


Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ular quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin:
- amal qilish davriga ko‘ra: strategik va taktik qarorlar;
- mazmuni va amal qilish xususiyatiga ko‘ra: ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, stereotip va tashabbusli qarorlar;
- takrorlanish yoki yangilik darajasiga ko‘ra: an’anaviy va tavsiyali qarorlar;
- axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra: ratsional va intuitiv qarorlar;
- amal qilish xususiyatiga ko‘ra: vaqtinchalik, operativ, muntazam va vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar;
- qarorni qabul qilish shakliga ko‘ra: yakkaboshchilik, kollegial va konsensus tamoyillari asosida qabul qilinadigan qarorlar.

3. Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish


Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tashlash emas, balki boshqaruv oldida qo‘yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko‘lamiga ko‘ra xilma-xil va ancha murakkabdir.
Qarorni ishlab chiqish jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1. Vaziyatni tahlil qilish
2. Muammoni aniqlash
3. Me`zonlarni tanlash
4. Muqobil variantlarni aniqlash
5. Muqobil variantlarni tanlash
6. Qaror ijrosini kelishib olish
7. Qaror ijrosini uyushtirish
8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va unga baxo berish

4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish


Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo‘g‘inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo‘g‘inlar (sex, uchastka, brigada smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir, qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra u ma’muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hakozolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish – bu firma, korxona, sex, uchastka brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida rahbarlik qilish bo‘yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
Bunda har bir bo‘linma o‘zining fuknsiyaonal vazifasini bajarish bilan band bo‘ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bo‘linmalari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bosh rejalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimi maqsadda muvofiq uyushtirishdan va o‘zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobilyatini ham talab qiladi.
Download 79.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling