7-mavzu. Boshqaruv qarorlari


Download 70.16 Kb.
bet1/9
Sana14.10.2023
Hajmi70.16 Kb.
#1701840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу


7-MAVZU. BOSHQARUV QARORLARI

7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar


7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish
7.4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Tayanch iboralar
Qaror. Qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish imkoniyati va zaruriyati. Boshqaruv qarorlari. Qarorlarga qo’yiladigan talablar. Strategik qaror. Taktik qaror. Umumiy qarorlar. Maxsus qarorlar. Operativ qarorlar. "Ringi" usuli. Model. Modellashtirish bosqichlari. Qarorlarni boshqarish. Nazorat. Nazorat funktsiyasi.


7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar
Qaror - bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o’nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat'iy belgilab qo’yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z funktsiyasini bajara olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo’llari bo’lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "etti o’lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.
Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.


Download 70.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling