«madaniyat» tushunchasi talqini
Download 15.84 Kb.
|
«MADANIYAT» TUSHUNCHASI TALQINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o’rganishning metodologik asoslari
Hozirgi zamon ilmiy nazariyasida madaniyat talqini REJA: Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o’rganishning metodologik asoslari. Madaniyatning tarkibiy qismlari vavazifalari. Madaniyat va tsivilizatsiya. Madaniyatshunoslikda qadriyatlar kategoriyasi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. O’zbekistoning milliy tiklanish jarayonida madaniyatshunoslikning dolzarbligi. 1. Madaniyatshunoslik fani predmeti, uni o’rganishning metodologik asoslari Madaniyatshunoslik eng yosh fan hisoblanadi. U asosan XX asr ikkinchi yarimida mustaqil fan sifatida shakillandi va Farb mamlakatlari Oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida madaniyatshunoslikka soxta fan deb qadirli, unga yetarli e’tibor berilmadi, ta’lim muassasalarida o’qitilmadi. O’zbekiston o’zinng davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan keyin madaniyatshunoslik fanini respublika Oliy o’quv yurtlarida alohida fan sifatida o’qitish yo’lga qo’yildi. Xo’sh, madaniyatshunoslik qanday fan? Madaniyatshunoslik madaniyat to’g’risidagi fan bo’lib, madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasidan iborat.Madaniyatshunoslik fani insoniyatga xos madaniy jarayonni, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tahlil qiladigan, madaniyat taraqqiyotining umumiy qonunlarini o’rganadigan gumanitar fandir. Madaniyatshunoslik fani, birinchidan, ibtidoiy turmush tarzidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrdagi madaniy jarayonni butunligicha, yaxlit idrok etishga, madaniyat taraqqiyoti haqida barcha fanlar tomonidan to’plangan bilim va tushunchalarni integratsiyalashga ko’maklashuvchi fandir. Ikkinchidan, madaniyatshunoslik madaniyatni murakkab va dinamik hodisayu o’ziga xos fenomen, sistema sifatida o’rganuvchi fandir. Uchinchidan, insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlariga xos madaniy jarayonni, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy-madaniy jarayonni, insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy-madaniy yutuqlarni taqqoslash, solishtirish orqali eng umumiy madaniyatshunoslik qonunlarini aniqlovchi fandir. Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar bilan bevosita bog’liq holda o’rgpniladi. Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin aloqadordir. Falsafa fanining asosiy masalasi ruh yoki materiya birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat hayotining ma’no-mazmuni masalasidir. Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani ham shug’ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o’rni, jamiyat taraqqiyoti haqida mulohaza yuritadi, jamiyat taraqiyotining umumiy qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu darajada madaniyatshunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga kelishi va rivojlanishining o’zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir. Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti, jamiyatda kishilarning mavqei haqida to’plagan ma’lumotlaridan madaniyatshnoslik fani foydalanadi. Umumnazariy xulosalar chiqarishda sotsiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi. Madaniyatshunoslik fani siyosatshunoslik fani bilan o’zaro aloqadordir. Siyosatshunoslik fani davlatning tuzilishi, siyosiy rejimning turlari va hususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib umumiy nazariy xulosalar chiqaradi. Madaniyatshunoslik fani insonning ichki dunyosi haqida fikr yuritishda psixologiya fani yutuqlarisiz, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan tarixiy madaniyat turlarisiz, ularning xususiyatlarisiz, u yoki bu davrga xos madaniy mentalitetlarisiz tasvirlay olmaydi. Insoniyatning shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi tarixiy faktlar, voqea-hodisalarni bilish madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni to’g’risida nazariy xulosalar qilishga, madaniy taraqqiyotga xos qonunlar chiqarishga ko’maklashadi. SHu nuqtai nazardan qaraganda madaniyat tarixi madaniyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir. Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Madaniyatshunsolik fani ko’p asrlik madaniyat tarixini aslida qanday bo’lsa shunday tasvirlaydi, madaniyatning mohiyati, xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, tadrijiy taraqqiyoti, muammolari, insoniyat hayotidagi roli to’g’risida yaxlit tasavvur beradi. Aynan shu fan barcha darajalardagi va turli mintaqalar madaniyatiga , uning alohida shaxslardan to butun insoniyatgacha bo’lgan turli xil ob’ektlariga tadbiqan qo’llash mumkin bo’lgan eng umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega. Madaniyatshunoslik fanining predmeti, uning tadqiqot ob’ekti insoniyatning asrlar davomidagi madaniy faoliyati, madaniy taraqqiyot yutuqlari, ularning ma’no-mazmunini o’rganishdan iboratdir. Madaniyatshunoslik fani tadqiqot olib borishda bir qator metodologik tamoyillarga tayanadi. Dialektik metod madaniyatshunoslikning muhim metodi bo’lib, insoniyatning madaniy hayotini, ming yillar davomida insonlar yaratgan moddiy va ma’naviy yutuqlarni yaxlit, umumiy va o’zaro bog’liq holda o’rganishga imkon beradi. Dialektik metod biron-bir mamlakat yoki mintaqada kechgan madaniy jarayonni, jumladan O’zbekiston xalqining asrlar davomida shakllangan madaniyatini jahon xalqlari madaniyati rivoji bilan uzviy bog’liq holda o’rganish, tadqiq qilishga ko’maklashadi va madaniy taraqqiyotga xos umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Madaniyatshunoslik fani ob’ektni o’rganishda ilmiy bilishning sistemali yondoshuv metodiga tayanadi. Sistemali yondoshuv bo’laklarni butun orqali, butunni uning bo’laklari orqali tahlil etish, o’rganishni taqoza etadi. Bu metod madaniyat tarkibiga kiruvchi til, din, huquq, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va hakazo bo’laklar orqali butun jamiyat taraqqiyoti orqali esa madaniyat tarkibiga kiruvchi bo’laklarni tahlil qilishga imkon beradi. Madaniyatshunoslik fani o’z tadqiqotlarida tarixiylik metodiga asoslanadi. Tarixiylik metodi madaniyatga davriy nuqtai nazardan o’zgarib, yangilanib, rivojlanib, boyib boruvchi jarayon sifatida qaraydi. Tarixiylik metodi har bir xalq madaniyatini, har bir davr madaniyatini o’z davri nuqtai nazardan baholashni, hozirgi madaniy hayotni va erishilgan yutuqlarni o’tgan zamon madaniyatiga taqoslab tasavvur qilish, tasvirlashni talab qiladi. Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim tamoyil hisoblanadi. Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o’zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo’lmaganda edi, “biz uchun o’tmish sovuq, befoyda, o’lik va qiziqarsiz bo’lib qolaverardi”, deb ta’kidlaydi J.Neru. SHarqshunos olim Maks Myuller Hind tsivilizatsiyasi haqida fikr yuritar ekan “eng zamonaviy va eng qadimiy hind tsivilizatsiyasi o’rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud”, deb yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir. Madaniyat bir tekisda rivojlanuvchi jarayon emas. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida madaniyat ta’sirida madaniyat taraqqiyotida inqirozli yoki sakrash holatlari ham yuz berib turadi. Bunday holatlarni tahlil qilishda iqtisodiy, sotsiologik, statistik va bilishning boshqa ilmiy metodlaridan ham foydalaniladi. Madaniyatshunoslik fani o’z predmetini o’rganishda tadqiqotchidan o’z idroki, ichki sezgilari bilan his qilish orqali haqiqatni anglashni ham talab qiladi. Bu tamoyil turli xil madaniyat sohalariga chuqurroq kirishga, dalilu-ashyolar yordamida isbotlarsiz bevosita ichki sezgilar, mushohada orqali haqiatni bilish imkoniyatini beradi. SHuningdek, madaniyatshunoslikda madaniyatning moddiy va ma’naviy unsurlarini talqin qilish, turli davrlaga xos yozuv matnlarini sharhlash, izohlab berish, tushuntirish usulidan ham foydalanadi. Xullas, madaniyatshunoslik boshqa fanlar singari ilmiylik, xolislik, haqqoniylik talablariga javob beruvchi bilishning aniq metodlariga tayangan holda tadqiqot yuritadi. Download 15.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling