Mavzu: 8-§. Qadimgi
Download 25,46 Kb.
|
o`tkirbek (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
- III. Yangi mavzu bayoni: a) Misrliklarning xudolari b) kohinlar va ibodatxonalar Misrliklarning xudolari.
- Quyosh xudosi Ra Nildan suzib o`tmoqda.
Fan:Tarix Sinf va sana: 18.10.2022 6 ”B” sinf Mavzu: 8-§. Qadimgi Misrda din Darsning maqsadi: а) ta’limiy: O’quvchilarga qadimdagi odamlarning rivojlanish bosqichini tushuntirishb) tarbiyaviy: O’quvchilarni jahon xalqlari tarixiga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarga insoniyat shajarasi haqida to`liq malumot berish. Dars turi: O’quvchilar BKMlarini rivojlantiruvchi. Metod: Og’zaki so’rov, kichik-ma’ruza, guruhlar ishi. Dars jihozi: Dunyoning siyosiy xaritasi, mavzuviy xarita, suratli ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, matbuot materiallari. Darsning borishi:I. Tashkiliy qism: a) O’quvchilar bilan salomlashish. b) Davomatni aniqlash. d) Siyosiy axborot daqiqalarini o’tkazish. II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
III. Yangi mavzu bayoni: a) Misrliklarning xudolari b) kohinlar va ibodatxonalar Misrliklarning xudolari. Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo`lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o`tib olib, mushuk, qo`y, ho`kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o`rnatilgan. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari, ular xudolarni dindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan. Quyosh xudosi Ra Nildan suzib o`tmoqda. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi - Ptax bo`lgan, Ptax esa, misrliklar e'tiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko`rishning iloji yo`q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo`lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz timsolida tasavvur etilgan. Misrliklar o`z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so`rashar edi. Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo`lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi bo`lmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Fir'avnlar Quyosh xudosi o`g`illaridir, hukmdorlar hamma ishni o`zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi - Nil xudosi- Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo`lib, o`z xalqini dehqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahrida hozirgacha saqlanib qolgan. Download 25,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling