Mavzu: 8-§. Qadimgi


Download 25.46 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi25.46 Kb.
#1510422
1   2   3   4   5
Bog'liq
o`tkirbek (1)

III. Yangi mavzu bayoni:
a) Qadimgi Eron aholisi b) Fors podsholigi vujudga keldi c) Doro I ning islohatlari e) Qadimgi forslar madaniyati. Axamoniylar podsholigi jaxondagi eng yirik davlatlardan biri bo’lgan Mil avv VI asrda xozirgi Eron xududida Axamoniylar sulolasiga mansub shoxlar asos slogan. Bu xududda qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil avv IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko’chib o’rnashadi. Eron o’zida katta yassitog’likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat xududi deyarli xamma to­monidan o’rmon bilan qoplangan tog’lar bilan qurshalgan. Tog’oldi vodiylarda axoli dexqonchilik bilan shug’ullangan, jazirama cho’l mintaqalarida chorvadorlar mexnat qilgan va kun kechirgan. Eron xam Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O’rta Osiyo va Xindiston mamlakatlarini bog’lab turgan karvon yo’llari chorraxasida joylashgan edi. Mil avv 3-ming yillikda eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shaxri bo’lgan. elamda jaxondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil avv IX asrda Kaspiy dengizidan janubi-g’arbda joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil avvVII asrda podsho Kiaksar xukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil avv612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oldi. Eron janubida, Fors ko’rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati qadimgi forslar o’rnashgan o’lka joylashgan edi. Mil avv 558-yilda Axamoniylar sulolasidan bo’lmish podsho Kir II barcha forslarni o’z xokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo’ysundirganidan so’ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mililodiy 539-yil). Eronliklar O’rtaer dengizi soxiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O’rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I xam davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan eron davlati xududini nixoyatda kengaytirdi. Mil avv 522-yilda shox Doro I (Mil avv 522-486-yillarda xukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo’zg’olonlar alangalanib ketdi. Axamoniylar shoxi Doro I ularni bostirishga kirishdi. Doro I butun mamlakat uchun "doroyi" deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O’rtaer dengiziga qadar "shox yo’li" degan podsho savdo yo’li qurilgan edi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni "satrapliklar" deb nomlangan aloxida xarbiy o’ikalarga taqsimladi. Doro I Qora dengiz bo’ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo’ldi. Doro I xukmronligi davrida Xindiston shimolidan O’rtaer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Suza, ekbatana va boshqa shaxarlar Axamoniylar davlatidagi muxim savdo markazlari edi.Persepol shaxrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo’rtma naqshlarida axamoniylar itoatga kirgazgan ko’pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan eron shoxlariga peshkash va o’lpon keltirayotgan xolatda tasvirlangan.
Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shoxlarining bitiklari Bexistun va Naqshi Rustam qoyalariga, shuningdek, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo’zg’olonlar va davlat xayotidagi muxim voqealar xaqida ma’lumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr Mil avv 330-yilda Fors davlatini bosib oldi. Axamoniylar davlati 200 yildan ziyod xukmronlik qilgan. Isroil podsholigining donishmand podsholaridan Solomon bo’lgan.


Download 25.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling