Savol- javob Axloq bu?
Download 12.45 Kb.
|
Savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Andishalik so’zining ma`nosi
- Axloqiy madaniyat bu
- Pessimizm bu
- Qadr – qimmat bu
- Milliy ong bu
Savol- Javob Axloq bu? Axloq - (arab. xulqning ko’pligi; lot. moralis - xulqatvor) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurishturishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. Axloq normalari kishilarning hattiharakatlarida o’z ifodasini topadi. Bunda ba’zi hattiharakatlar, xulq-atvorlar axloqiy, ba’zilari axloqsizlik deb baholanadi. Axloq ijtimoiy ongning eng qadimgi shakllaridan biridir. Andishalik so’zining ma`nosi? Andishalik - andishalik – insonning eng yaxshi fazilatlaridan biridir. Andishali odam atrofdagilar o’ziga qaratib oladi, odamlarni u bilan birga yaxshi his 210 qilishlari uchun imkoniyat yaratib bera oladi. Biz andishali odam deb: injiq bo’lmagan, charchatmaydigan, xafa qilmaydigan, noo’rin hazillarga yo’l qo’ymaydigan odamlarni nazarda tutamiz. U bepisandlik bilan kishini tashqi qiyofasini zimdan qarab chiqib, tanbeh bermaydi. Undan so’ramaslaridan turib maslahat qilishga o’tib ketmaydi. U barchani oldida kimnidir qanday vaziyat va sabab bo’lmasin yerga urib tanqid ostiga olmaydi. Andishali kishi hamisha qay vaziyatda o’zini qanday tutishi lozimligini yaxshi biladi. Axloqiy madaniyat bu? Axloqiy madaniyataxloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g’oyalar, ko’nikmalar va ularga amal qilinishi. Axloqiy meyyorlar bu? Axloqiy meyyorlarjamiyatda o’rnatilgan xulqatvor qoidalari, ular urf-odat, ko’nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo’ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi. Adolat bu? Adolat — yuksak ma’naviy tushuncha bo’lib, adolatning o’zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; adolatda ikki xil ma’naviy jihat – ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q. Eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, masalan, mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud, lekin hayvonlarda ular o’z guruhiga, eng avvalo, o’z zurriyotiga qaratilgan. Burch bu? Burch - jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog’liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o’ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyatidir. Vijdon bu? Vijdon-ma’naviyatdagi ta’sir doirasi nihoyatda keng tushunchalardan biri. Vijdon – Z.Freyd ta’biri bilan aytganda, men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog’liqligidan kelib chiqsa, vijdonning ichki o’zo’ziga bog’liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog’liqlik tashqi bog’liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakati tufayli yuzaga kelgan o’ng’aysizligi bo’lsa, V. azobi, bu oddiy o’ng’aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to’xtamaydi. Kibr bu? Kibr - kibru havo, dimog’dorlik – o’z qobiliyatiga, o’z shaxsiyatiga ortiqcha baho berish, o’zini boshqalardan yuqori his etish, kalondimog’lik oqibatida namoyon bo’ladigan, salbiy shaxsiy sifatdir. Pessimizm bu? Pessimizm - (lot. ressimus – eng yomon) kechayotgan voqeahodisalarning sodir bo’lishiga ikki xil qarama-qarshi fikrlar yoki munosabatlarning oqibatini samarasiz (fatalizm emas), tushkunlikka yo’yish bilan ifodalaydi. Qadr – qimmat bu? Qadr – qimmat - Insonda kamtarlik va tabiiylik bilan bir qatorda o’ziga hurmat bilan qarash, izzat – nafs tuyg’ulari ham bo’lishi shart. Izzat – nafs kishini o’z kuchi va qobiliyatiga 230 ishonishga hamda o’zini jamiyat uchun kerakli, foydali inson deb bilishga majbur etadi. O’z qadrini bilgan, or– nomusli kishi hech qachon vijdonsizlik, pastkashlik yoki haqoratli ish qilmaydi. Qadr– qimmatini biladigan kishi boshqalarni ham taxqirlamaydi. U hamisha muloyim, vazmin bo’ladi. Milliy ong bu ? Milliy ong - millatning mavjud bo’lishi, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqboli bilan bog’liq omil hisoblanadi Tuzuvchi: magistr X. Xayitqulov Download 12.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling