Jizzax davlat pedagogika universiteti mavzu: Alisher Navoiy ijodida folklor an'analari. Bajardi: S1402-22 guruh Aminova Amina


Download 398.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.01.2023
Hajmi398.82 Kb.
#1086225
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisher Navoiy ijodida folklor an\'analari



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
 
 
 
Mavzu: Alisher Navoiy ijodida folklor an'analari.
 
Bajardi: S1402-22 guruh Aminova Amina 
 
 
 
 
 
 
 
JIZZAX-2023 


Mavzu: Alisher Navoiy ijodida folklor an'analari. 
Reja: 
Kirish 
 ASOSOIY QISIM 
1. ANNOTATSIYA.  
2. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. 
3. MUHOKAMA VA NATIJALAR. 
 XULOSA 
MAVZU YUZASIDAN TEST 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 


KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. “Bizning o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz 
yurtimizda yashab ijod etgan ulug‘ zotlarning hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq 
tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilm-u 
fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan 
xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan 
iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning 
ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda
ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo’lishi shart, deb 
hisoblayman. Nega deganda, o’zimiz - bugun shu yurtda yashayotgan vatanparvar 
insonlar bu vazifani o‘z zimmamizga olmasak, chetdan kelib hech kim bu ishni qilib 
bermaydi” 
Darhaqiqat, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek ona vatanimizda 
yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimizning bebaho merosini o‘zimiz 
o‘rganishimiz, kelajak avlodga munosib tarzda yetkazib bermog‘imiz lozim. 
Alisher Navoiy epik asarlarining deyarli barchasida adabiy asarlari jumladan 
Maxbubul-qulub, Muhokamatul-lug‘attayn, Tarixi Muluki Ajam, Tarixi Anbiyo va 
Hukamo, singari asarlarida bir qator hikoyalarga duch kelinib hikoyachilik turkiy 
adabiyotning bir yo‘nalishi sifatida qaror topganiga ishonch uyg‘otdi. Shubhasiz bu 
hikoyatlarining yuzaga kelishida xalq ijodidagi afsona, asotir, rivoyat, qissa va 
boshqa janrdagi asarlarning alohida o‘rni borligi kuzatildi. 
Alisher Navoiy asarlaridagi ko‘pchilik hikoyatlari ular qaysi manba asosida 
ishlangan bo‘lishiga qaramay g‘aroyib badiiy hususiyatlari bilan xalq hikoyatlariga 
uyg‘unlashib ketadi. 
Anushirvoni odil sharq xalqlari adabiyotida keng o‘rin olgan an’anaviy 
obrazlardan biridir. Anushirvon (531-589) sosaniy shaharlarida bo‘lib shon shavkati 
bilan shuhrat qozongan edi. Tarix zaminida adabiyot olimiga o‘tgan Anushirvon 
yarim tarixiy, yarim afsonaviy qaxramon tusini olib odillikning ramzi sifatida talqin 


qilinadi. U haqidagi hikoyatlar “Hayratul abror” va “Tarixi muluki Ajam” asarlaridan 
ham o‘rin olgan.
“Tarixi muluki Ajam”dagi hikoyalarning birida bog‘ sotgan va bog‘ olgan 
kishilar o‘rtasidagi muammoli holatning Anushirivon tomonidan aql va zakovat 
odillik bilan hal etilishi ko‘rsatilsa, ikkinchi xikoyada Anushirvon insof va 
adolatning homiysi sifatida gavdalanadi. 
Bu hikoyatlar ko‘pdan –ko‘p xalq ertaklaridagi “ Bir bor ekan, bir yo‘q ekan 
qadim zamonda bir odil podsho bo‘lar ekan” deb boshlanuvchi an’anaviy syujet va 
obrazlarini eslatadi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan folklor ildiziga bog‘landi. 
Shunindek adibning “Lisonut-tayr” dostonidagi hikoyalar haqida ham shu fikrni 
aytish mumkin. Dostonda 63 hikoyat jamlangan bo‘lib bu hikoyatlarining ko‘pchiligi 
xalq ijodi tasirida vujudga kelgan shu nuqtai nazardan qaraganda “Lisonut-tayr”dagi 
“Majnunal xalq” hikoyalari xalq latifalari uslubida yaratilgani bilan ajralib turadi. Bu 
hikoyatda o‘zini xudo yo‘liga bag‘ishlagan devonaning sarguzashtlari xazilnoma 
usulida hikoya qilinadi. Ushbu hikoyaga asos bo‘lgan syujetning boshqacha varianti 
shu kunga qadar ham xalq latifasi sifatida yashab kelmoqda.



Download 398.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling