Jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 0.58 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1498100
Bog'liq
SAYITOVA SITORA tarix slayd


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
MAXSUS PEDAGOGIKA OLIGOFRENOPEDAGOGIKA YOʻNALISHI
510-22-GURUH TALABASI
SAYITOVA SITORANING
OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi.
Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin.Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
C
Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida xalqaro konferensiya va ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.
Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro’z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi.
Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning ma’naviy- ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda.
Respublikada 16 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat ko’rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari o’zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 dan ortiq diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling