Jizzax davlat pеdagogika universiteti sirtqi bo’lim tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi tasdiqlayman


Download 368.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi368.52 Kb.
#1626579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sonli hisoblash usullari 2-k 4-sem

 
 
 
 
 

V. Fan oʼqitilishining natijalari 
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba: 
- haqiqiy sonlar toʻplamining asosiy xossalarini; ketma-ketlik va uning limiti; 
funksiya, uning limiti va uzluksizligi, tekis uzluksizligi; kesmada uzluksiz 
funksiyalarning asosiy xossalari; asosiy elementar funksiyalar, ularning 
uzluksizligi; hosila va differensial, ularning geometrik va fizik maʼnolari; 
differensial hisobning asosiy teoremalari; aniq integral va uning tatbiqlari; 
integrallanuvchi funksiyalar sinflari; kvadratlanuvchi figura, toʻgʻrilanuvchi 
chiziq tushunchalari; aylanma jism hajmi, aylanma sirt yuzi; xosmas integrallar; 
koʻp oʻzgaruvchili funksiya, uning limiti va uzluksizligi; koʻp oʻzgaruvchili 
funksiyaning xususiy hosilalari, toʻla differensiali, gradient va ularning 



tatbiqlari; ikki argumentli funksiya ekstremumlari, shartli ekstremumlar; ikki va 
uch oʻlchovli integrallar, egri chiziqli integrallar va ularning tatbiqlari; sonli va 
funktsional qatorlar, darajali qatorlar; Teylor qatori va uning tatbiqlarini darajali 
qator, Teylor qatori; analitik funksiyani Teylor qatoriga yoyish; Loran qatori
analitik funksiyani Loran qatoriga yoyish; funksiyaning nollari va mahsus 
nuqtalari; maxsus nuqtalarning turlari; chegirmalar va chegirmalar haqidagi 
asosiy teoremani tatbiqini bilishi kerak;
-talaba haqiqiy sonlar toʻplamining asosiy xossalariga oid sodda misol va 
masalalarni yechish; biror hodisa yoki jarayonni tavsiflovchi funksiyani analitik 
ifodalash va uni tekshirish; ketma-ketlik limitini hisoblash; funksiyaning limitini 
hisoblash; ajoyib limitlar yordamida aniqmasliklarni ochish; funksiyaning 
uzluksizligiga doir misollar yechish; maktab, oʻrta-maxsus matematika 
taʼlimidagi uchraydigan funksiyalarning uzluksizligini asoslay olish; 
funksiyaning hosilasi va differensialiga oid tatbiqiy masalalarni yechish; hosila 
yordamida funksiyani toʻla tekshirish va grafigini chizish; aniqmas va aniq 
integrallarga doir misollar yechish; aniq integralni geometrik va fizik 
kattaliklarni hisoblashga tatbiq qila olish; koʻp oʻzgaruvchili funksiyaning 
differensial va integral hisobiga doir misol va masalalar yechish; ekstremumga 
doir masalalarni yechish; sonli va funktsional qatorlarni yaqinlashishga 
tekshirish; elementar funksiyalarni Teylor qatoriga yoyish koʻnikmalariga ega 
boʻlishi kerak.
-talaba funksiyaning xossalariga oid misol va masalalarni yechish; oʻrta-maxsus 
matematika taʼlimidagi uchraydigan funksiyalarning uzluksizligini asoslay 
olish; ularning hosilasi va differensialini hisoblash; aniqmas va aniq integrallarni 
hisoblash malakasiga ega boʻlishi lozim

Download 368.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling