Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti tarix bakalavr yo


Ko’chirish siyosatidan so’ng turkiston aholisining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli


Download 217.94 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi217.94 Kb.
#1536571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharof kurs ishi

2.2Ko’chirish siyosatidan so’ng turkiston aholisining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli
1865- yil 2- martda Turkiston viloyati tuzilganidan keyin imperiya hukumati shu viloyat o`rniga Rossiya imperiyasi protektorati ostida bo`lishi lozim bo`lgan Toshkent xonligini tuzishni mo`ljallagan edi. Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy 1866- yil bahorida shu maqsadda Toshkentga kelgandi. Biroq, bu faqat diplomatik nayrang edi, chunki Turkistonning 101 4ichki ma`muriy-hududiy tuzilishining o`zi kelajakda sof harbiy vazifalarni amalga oshirishga moslashtirilgan edi. Turkiston ma`muriyati ko`chirib keltirilgan ruslarning mavjud qishloqlari aholisi uchun chek yer hamda jamoa bo`lib foydalaniladigan yer maydonlarini kengaytirish zarur deb hisoblagan chog’larda ham tub aholiga nisbatan shafqatsiz choralar ko`rilgan. Masalan, 1913- yil fevralda Sirdaryo viloyatidagi ko`chiruvchilik bo`limining mudiri Avliyoota uyezdi boshlig’iga yo`llagan maktubida: “Maksimalovka qishlog’ini yer bilan ta`minlash uchun 1911- yil dekabr oyida Alekseyevka qishlog’ining aholi dehqonlari xususiy ijara sifatida foydalanib turgan yerlarning 120 desyatinaga yaqin maydon tortib olindi. Buning o`rniga, o`sha vaqtdayoq Alekseyevka qishlog’iga noqonuniy bitim bo`yicha ijaraga olingan yer o`rniga, ushbu qishloqning chek yerlarini yaxshilash maqomida 100 desyatinaga yaqin yerni qo`shib berishga qaror qilingandi”,- deb yozgandi. Ko`rinib turibdiki, hokimiyat tub aholidan tortib olingan 120 desyatina yerni Maksimalovka qishlog’ida istiqomat qiluvchi ruslar manfaati uchun ajratib bergan, Alekseyevka qishlog’ining aholisi uchun esa yana 100 desyatina yerni ajratganligini qayd qilgan. Shunday qilib, Turkistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi, barcha hokimiyat (davlat-boshqaruv, sud va boshqa) funksiyalarining yaxshi qurollangan rus armiyasiga, politsiya kuchiga, kazaklarga, ya`ni qurollarga ega bo`lgan rus aholisiga, shuningdek shovinistik xarakterdagi shafqatsiz qonunlarga hamda tub aholi orasidan chiqqan vakillarga tayangan rossiyalik harbiylar qo`lida jamlanishi mustamlakachi ma`muriyatga tub xalqlarni ma`naviy va jismoniy ezish bo`yicha Rossiya imperiyasi belgilab qo`ygan muayyan siyosatni amalga oshirish imkonini bergan. Binobarin, bu siyosatning ilk oqibati, tub aholining tarixan tarkib topgan istiqomat hududlarini ma`muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga, uyezdlarga, volostlarga, shaharlarda esa Eski va Yangi shahar qismlariga ajratib tashlash bo`lib, o`troq qishloq jamoalari, ko`chmanchi aholining va qarindosh-urug’chilik xo`jalik aloqalari ham bo`lingan edi. Biroq, yuqorida aytib o`tilganidek, ko`chirib keltirilgan ruslarni ma`muriy, hatto, tabaqaviy joylashtirish bilan bog’liq muammolar yuzaga kelganida mustamlakachi ma`muriyat Turkiston tub aholisi huquqlari, manfaatlarini oshkora oyoqosti qilgani holda lozim darajada tez va aniq ish olib borardi. Ushbu mulohazani tasdiqlovchi diqqatga loyiq misol bilan tasdiqlash mumkin. Rostov guberniyasidagi rus 102 dehqonlari istiqomat qiladigan qishloqdagi yerlarni Keniyskaya stanitsasi kazaklariga berish zarurligi yuzaga kelganligi, Sirdaryo va Amudaryo bo`limi, Kaspiyorti, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari Nakaznoy atamanining iltimosiga ko`ra mazkur hududga ko`chirib keltirishga rozilik berdi. Buning uchun Yettisuv viloyati Prjevalsk uyezdi Oqsuy volostiga qarashli Kungay qishloqlaridagi qirg’izlar, o`zbeklar va uyg’urlardan sug’oriladigan yerlarni tortib olib, rus dehqonlariga berishga qaror qilindi. Boz ustiga, Dondan ko`chirib keltirilayotgan 60 nafar dehqonning ishini hisobga olib, mazkur boshqarma quyidagi qarorni qabul qildi: “Mablag’ni alohida ajratib, har bir oilaga 25 rubldan berilsin, chunki yo`l xarajati uchun berilgan 1000 rubl qarz miqdori bu xarajatlarni qayta ko`chiriladiganlar uchun ziyon keltirmay amalga oshirish imkonini bermaydi”. Mustamlaka ma`muriyati tub aholidan ishlov beriladigan yerlarni hamda yaylovlarni metropoliyadan ko`chirib keltirilganlarni joylashtirish, davlat yer fondini vujudga keltirish, buyuk knyazlari uchun yerlarni mustamlakachilarcha tortib olish amaliyotini asosan kuch bilan keng qo`llangan holda, sanoatchilar, banklar va savdo shirkatlari, Rossiya firmalarining manfaatli ishtiroki bilan dastlabki yigirma-o`ttiz yil ichida Turkiston qishloq xo`jaligining ko`p tarmoqli universal xususiyatini jiddiy ravishda o`zgartirib, markaziy Yevropa to`qimachilik va yengil sanoatiga bo`ysundirilgan xom-ashyoga, eng avvalo paxtaga ixtisoslashtirdilar. Turkiston ham, Buxoro amirligi va Xiva xonligi singari, asosan agrar mintaqa bo`lgani, aholisini ko`pchiligi natural xarakterdagi emas, balki bozorga yo`naltirilgan qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik bilan shug’ullangani bois, tub xalqlar iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etilgani, ishlab chiqarish kuchlarining bir yoqlama rivojlanishiga olib keluvchi paxta yakkahokimligi o`rnatilgani, tub qishloq aholisi orasida kam yerli va yersizlar soni keskin ko`payganligi, uning kambag’allashuvi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatining eng jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari sifatida keltirish mumkin. Rus dehqonlarini ziroatchilik hududlarda joylashtirish bilan bog’liq bo`lgan temir plug, mexanik seyalkalar, o`rish mashinalari, mineral o`g’itlar, bahorikor ekinlarga ishlov berish agrotexnikasi singari yangiliklar esa ko`chirib keltirilgan rus aholi uchungina bo`lib, hukumat ularni tashkiliy, siyosiy va moddiy qo`llabgina qolmay, qurol bilan ham ta`minlab, o`zlarining “iqtisodiy” imkoniyatlarini oshirib bordi. Ahvol bunday bo`lishiga qaramay tub qishloq aholisi jinoyatlarga moyil 103 bo`lmagani, halol mehnatga, jamoa, oila turmush an`analariga sadoqatini yo`qotmagani va ustiga-ustak o`z turmush tarzi bilan Rossiyadan ko`chirib keltirilganlarga muayyan ta`sir ko`rsatganligi g’oyat muhimdir. Rossiya imperiyasining Turkistondagi ko`chiruvchilik siyosati va amaliyoti imperiya va mustamlakachi ma`muriyatning o`lka tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat zahiralarini Rossiya imperiyasi Turkistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotni o`z manfaatlariga butkul bo`ysundirish bo`yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqdi, uning strategik maqsadlari bilan bevosita bog’liq ko`p qirrali jarayon sifatida amaliyotga tatbiq qildi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki rus mustamlakachilarining rus aholisini Turkistonga ko’chirishidan asosiy maqsadi Turkistоndа rus millаtigа mаnsub аhоli bilаn mаhаlliy хаlqni аrаlаshtirib yubоrish, rus dаvlаtining o‘lkаdа dоimiy yashаydigаn rus vа slаvyan аhоlidаn tаrkib tоpgаn ijtimоiy-siyosiy, hаrbiy tаyanchini vujudgа kеltirish siyosаtini yuritdi.Bu ishlarni аmаlgа оshirishdа аhоlini ko‘chirish siyosаtigа аlоhidа е’tibоr qаratadi. Chunki Turkistоnni mustаmlаkаgа аylаntirish jаrаyonining dаstlаbki kunlаridаnоq o‘lkаgа rus tilli аhоlini ko‘chirib kеltirish siyosаtigа Rossiya imperiyasining uzоq muddаtli ruslаshtirish rеjаlаrining tаrkibiy qismi dеb qаrаldi. Ko‘chirish siyosаti 1847-yildаn е’tibоrаn qоzоq vа qirg‘iz hududlаridа, 1867-yildаn bоshlаb еsа Turkistоn vilоyatlаridа аmаlgа оshirildi. O‘lkаni bоylik оrttirish mаnbаlаridаn biri dеb bilgаnliklаri uchun Mаrkаziy Rоssiyadаn o‘lkаgа dоimiy yashаsh uchun kеlаyotgаnlаr sоni ko‘pаyib bоrdi. Jumlаdаn, 1875-yildаn tо 1890- yilgаchа Turkistоngа 1300 оilа ko‘chib kеlib, 19 tа rus qishlоg‘i vujudgа kеldi. Turkistоndа dоimiy yashаydigаn rus аhоlisini tаrkib tоptirish mustаmlаkаchilik siyosаtining аsоsiy mаqsаdlаridаn biri bo‘lgаnligi sаbаbli Rоssiya imperiyasi ko‘chirish siyosаtini аmаlgа оshirish uchun 1896-1906 yillаrdа 3.000.000 оltin so‘m miqdоridа хаrаjаt qildi. 1907- yilgа kеlib bu хаrаjаt 13.000.000 оltin so‘mgа yеtdi. Ko‘chirib kеltirilgаn rus dеhqоnlаri kаttа imtiyozlаrgа еgа bo‘ldilаr.Lekin shu bilan birga turkiston aholisining ahvolini shu davrlarda yomonlashganligini ko’rishimiz mumkin.Chunki shu davrlarda sug’oriladigan yerlarni ko’p qismi va imtiyozlarni barchasi ko’chirib keltirilgan aholiga bolib qoladi va Turkiston aholisini bu vaziyatlar juda og’ir holatlarga olib kelganligini ko’rishimiz mumkin bunga misol tariqasida O`lkani 1882- yilda taftish qilgan senator F. Girs Turkistonda ko`rilgan ziyon yiliga 85,5 million rublni tashkil etganini ko`rsatib, shu munosabat bilan: “Bu pullarning katta qismi tub aholi tomonidan emas, ruslar tomonidan to`langan va ayni mahalda, bu mablag’, shubhasiz, Turkiston tub aholisi turmush farovonligini oshirgan” - deb yozgandi. F. Girsning lekin F. Girsning gaplari bir biriga qovushmaganligi sababli: “Toshkentning rus qismini ta`minlash uchun eski shaharda yashovchi har bir oila 1879- yilda 3 tiyindan to`lagan”. F. Girsning o`zi tasdiqlaganidek, “Yangi Marg’ilondan 12 chaqirim masofada joylashgan eski Marg’ilonda istiqomat qiluvchi, yangi shaharga hech qanday aloqasi bo`lmagan aholi esa har yili uni ta`minlash uchun 9 ming rublgacha to`lagan. Samarqand Eski shahar qismining daromadi esa 4 ming so`mdan oshmasdi, lekin Yangi Samarqandning barcha xarajatlari uning hisobidan qoplanardi. Shaharlar xarajatini qoplashning bunday yo`li mahalliy aholining noroziligiga sabab bo`lgan. Senator F. Girs, keyinchalik graf N. Ignatev komissiyasi ham mustamlakachi ma`muriyat soliqlar sohasida qilgan yangiliklari adolatsizlikdan iboratligiga tushungan holda, ilgari natural tarzda mavjud bo`lgan ko`plab soliqlar o`rniga tub o`troq qishloq aholisidan, ko`chirib keltirilgan ruslardan esa ular yer bo`laklarini olgach, besh yildan keyin pul bilan olinadigan yagona davlat yer solig’ini joriy etish to`g’risida taklif kiritishdi. Bunda Turkistonning tub musulmon aholisi, xuddi ilgaridek, mahalliy ma`muriyatni, qozilarni, bo’limlarni ta`minlash uchun zakot, o`lpon to`lashda, shuningdek sug’orish kanallari, ariqlari, to`g’onlar, ko`priklar va shu kabilarni tozalash, tuzatish, qishloq va mahallalarni obodonlashtirish ishlarini majburiyat sifatida bajarishda davom etardi. Mustamlakachi ma`muriyat o`lkaning ko`chmanchi, yarim ko`chmanchi aholisidan olinadigan soliq va o`lponni qisqa muddatda oshirib yubordi.Shu ishlar ham oddiy aholini ahvolini yanada og’irlashtirganligini ko’ramiz va bu davrda chorizmning aniq agrar siyosati yo`q edi;1886-yildan yer Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi;yirik yer egaligi bekor qilindi;yerning yangi egalari umumiy davlat solig`i to`lay boshladi;-vaqf mulki davlat nazoratida edi;1886-yildan boshlab ko`chirib keltirish siyosati o`tkazildi: 1) rossiyalik ko`chkindi shaxslarga imtiyozlar berildi; 2) Rossiya korxonalari tomonidan yerlar sotib olindi.


Download 217.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling