O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIM
MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH YO‘NALISHLARIDA MASOFAVIY TA’LIM KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHIGA
2022 – 2023 O‘QUV YILIDA
MAKTABGACHA TA’LIM - TARBIYANI TASHKIL ETISH
FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOT UCHUN
USLUBIY KO‘RSATMA
Jizzax – 2022
Ushbu uslubiy ko‘rsatma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish texnologiyalari haqida ko‘rsatmalar berilgan.
Sirtqi bo‘lim boshlig‘i:
|
_______ PhD A.J. Avazov
|
Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi mudiri:
|
_______ PhD. I.A Umarov
|
Tuzuvchi:
|
Maktabgacha va boshlang‘ich yo‘nalishlarida masofaviy ta’lim kafedrasi stajyor o‘qituvchi: B.Safarov
|
Kirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda.
Fanni o‘qitishdan maqsad – maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarini har tomonlama rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish muammolari, ularda o‘z fikrini erkin bayon eta olish , to‘g‘ri ovqatlanish, o‘z-o‘zini anglash va muhofaza qilish, yoshga doir zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, barkamol avlod tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish yo‘llari va samarali usullarini mohirona qo‘llash, bolalarda tengdoshlari bilan aloqa o‘rnata olish, ta’limiy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy va ijtimoiy bilimlarni egallashiga pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muhitni yaratib bera olish masalalari haqida talabalarga har tomonlama bilimlar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |