- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi 1996-yil 26-dekabr qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi aniq va ravshan belgilab berilgan. Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo‘lida erishgan muhim yutuqlardan biridir. Birinchidan, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishida siyosiy partiyaning o‘rni va roli muntazam ravishda yoritib boradi; ikkinchidan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonida O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim demokratik institut hisoblanadi; uchinchidan, davlat bosh islohotchi sifatida siyosiy partiyalarining faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega; to‘rtinchidan, siyosiy partiyalarsiz vakillik demokratiyasini tasavvur etib bo‘lmaydi; beshinchidan, siyosiy partiyalarning o‘rni va mavqei ularning soni yoki vaqt bilan belgilanmaydi; oltinchidan, mamlakatdaamalda ko‘ppartiyaviylik muhiti qaror topishi yangi g‘oyalar, muqobil takliflar bilan demokratik jamiyat qurilishiga xizmat qilishi lozim.
Xozirgi kunda mamlakatimizda beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda: - Xozirgi kunda mamlakatimizda beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda:
- 1.Xalq demokratik partiyasi(O’zbekiston XDP)- siyosiy partiya sifatida mamlakatda birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 1-noyabrda tashkil topdi. Partiya o’zining ommaviy axborot vositalariga ega.Uning markaziy nashrlari “O’zbekiston ovozi” gazetasi.
- 2.O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (SDP) 1995-yili 18- fevralda tashkil topdi va 30 ming a’zoga ega bo‘ldi. Partiyaning rasmiy nashri “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
- 3.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O’z MTDP )-1995 yil 3 iyunda tashkil topdi.Partiyaning matbuot nashri-“Milliy tiklanish”ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
- 4.O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’z LiDep)-2003- yil 15-noyabrd tashkil topdi. Uning markaziy nashri –“ asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
- 5.O’zbekiston ekologik partiyasi.2019 yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis se’ezdi bo’lib o’tdi. Ta’sis se’ezdida O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish va O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyixalari,O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy nazorat taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Matbuot organini ta’sis etish, O’zbekiston ekologik partiyasining vakolatli vakillarini saylash kabi masalalarni ko’rib chiqdi. Bugungi kunda dunyoda 100 ga yaqin davlatlarda ekologik partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy maydonining teng huquqli a’zosi sifatida vakillik organlariga o‘rinlar egallash vazifalarini qo’yib orin olgach, parlamentda uz oldilaridagi mushtarak maqsadlarini davlat siyosati darajasida ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |