Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Download 0.88 Mb.
|
5-MAVZU
Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi. Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991-yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagi 1899 ming tonnadan 2010- yilda 6952 ming tonnaga, 2014- yilda esa 8050 ming tonnaga etdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling