Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Download 0.88 Mb.
|
5-MAVZU
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni «Avtomobil sanoatini 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorni imzoladi. Qisqa davr ichida amalga oshirilgan ishlardan yana biri «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021-yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Dasturga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ 2021-yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi.Ushbu dastur doirasida 800 mln. dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi.Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini «O‘zavtosanoat» AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi.«O‘zavtosanoat» AJning ba’zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling