Jizzax davlat pedagogika unversiteti
Download 0.88 Mb.
|
5-MAVZU
Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining tashkil etilishi bilan O‘zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda avtomobilsozlik sanoati Asaka shahrida AQShning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda engil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning «Daymler Bens» va Samarqand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilganyuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi. Bugun birgina avtomobilsozlik sohasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari haqida gap ketganda birgina vodiyning Asaka shahri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari ham O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini ko‘rsatadi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling