Jizzax davlat pedagogika unversiteti


Download 0.88 Mb.
bet13/15
Sana13.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1193493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-MAVZU

Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Bu iqtisodiyotni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish imkonini beradi. Agar zavod tashkil topgan 1995-1996- yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z-Dong Von», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar «O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materiallarni yetkazib bermoqda.

  • Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Bu iqtisodiyotni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish imkonini beradi. Agar zavod tashkil topgan 1995-1996- yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z-Dong Von», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar «O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materiallarni yetkazib bermoqda.

2011-yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi Shundaki, «Yevro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil zavodiga yetkazib berilishi bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining alohida ahamiyatga ega ekani hech kimga sir emas.

  • 2011-yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi Shundaki, «Yevro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil zavodiga yetkazib berilishi bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda. Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining alohida ahamiyatga ega ekani hech kimga sir emas.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling