Jizzax davlat pedagogika


Download 14.78 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1274404
Bog'liq
Elektron pedagogika taqriz


Jizzax davlat pedagogika universiteti 70110103-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi uchun “Tanlov fan Elektron pedagogika” fanidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga
T A Q R I Z

OTMni malaka talablari zamonaviy mutaxassislarni sifatli tayyorlashni, ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablarni, mutaxassislar tayyorlash sifatini baxolash tartiblari va yo‘l-yo‘riqlarini belgilab beruvchi xujjatdir.


O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, shuningdek oliy ta’limning o‘quv-metodik va normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida “Elektron pedagogika” fani Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi magistrantlari va tinglovchilarida ushbu fan yuzasidan muhim nazariy va amaliy masalalari, ushbu sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, xorijiy tajriba va amaliyot to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish va talablariga mos keladigan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratishdan iborat.
Ushbu fan nazariy masalalari yuzasidan chuqur bilim olishlari va fan yuzasidan mukammal tushuncha va mustahkam ilmiy bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan, fanning mazkur dasturi o‘z tarkibiga o‘ndan ortiq muhim masalalarni qamrab olgan. Shuningdek dasturda fanning asosiy maqsad va vazifalari, fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar, fanining o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma–ketligi, fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, fan yuzasidan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunday qilib, 70110103-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi buyicha tayyorlangan o‘quv dasturi hozirgi zamon talablari darajasida, ilg‘or tajribalardan foydalanilgan xolda tayyorlangan bo‘lib, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlarini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblayman va “Elektron pedagogika” fanidan tayyorlagan o‘quv dasturini foydalanish uchun tavsiya etish mumkin deb hisoblayman.
Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling