Jizzax davlat pedagogika
Sinfda bir nafar passiv o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Download 21.59 Kb.
|
1 2
Bog'liqJizzax davlat pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Forish tuman 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 7 A -sinf o‘quvchisi Abdullayeva Maftunaga pedagogik-psixologik
Sinfda bir nafar passiv o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma
Forish tuman 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 7 A - sinf o‘quvchisi Bozorboyev Oxunjonga pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA 7A- sinf o‘quvchisi Bozorboyev Oxunjonning sinfda fanlardan bo‘sh o‘zlashtiruvchi va jamoat ishlaridan ham o‘zini chetga olishga harakat qiladigan o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim uch baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat uch baholar bilan tugatgan. Fanlar Ichida, ayniqsa, matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e‘tibori sust. Bozorboyev Oxunjon maktab va sinf jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning qaloqligi sinfga ham katta ta’sirini o‘tkazadi, uning orqasida ko‘pincha sinf faollari va sinf rahbari e’tirozlarga sababchi bo‘ladi. Sinf o‘quvchilari ichida yana shu kabi ikki nafar o‘rtog‘i bor. Ular bilan ko ‘pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo‘lar-bo‘lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo‘lsa-da, to‘sqinlik qilishga sababchi bo‘ladi. Sinfdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo‘lini izlab bahona qidirishga, o‘zini chetga olishga moyil o ‘quvchidir. Bozorboyev Oxunjonning hamisha maktab rahbariyati, sinf rahbari nazoratiga olingan bo‘lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo‘lga solishga va buzg‘unchilik ishlariga yo‘l qo‘ymasdan sinfning faol o‘quvchilari qatoriga qo‘shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to‘g ‘ri yo‘lga qo‘yilgan va ko‘proq ishlashga e’tibor qaratilgan. Kelajakda Bozorboyev Oxunjonning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo‘lib o‘zgarishiga ishonaman. Maktab derektori: Djumabekov Surat Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Forish tuman 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 7 A -sinf o‘quvchisi Abdullayeva Maftunaga pedagogik-psixologik TAVSIFNOMA 7A - sinf o‘quvchisi Abdullayev Maftuna sinfda faol o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlariga juda qiziqadi va “Yosh matematik” to‘garagining faol a’zosi. 2019–2020-o‘quv yilida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida matematika fani bo‘yicha faxrli ikkinchio‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan. Abdullayev Maftuna maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, 5-sinfda 6-sinfdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq,Sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok etishlariga harakat qiladi. Abdullayev Maftunaning faolligini hiso bga olib, maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Faxriy yorliq”lar va og‘zaki tashakkurnomalar olishga erishgan. Men ham kelajakda Abdullayev Maftuna jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman. Maktab derektori: Djumabekov Surat Download 21.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling