Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma tumani sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sinf o‘quvchisi


Download 24.48 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi24.48 Kb.
#1219975
Bog'liq
Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik psixologik tavsifnoma Asaka


Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma

______________________________ tumani _______-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi _____________ - sinf o‘quvchisi
_______________________________________ga pedagogik-psixologik

TAVSIFNOMA

_____ sinf o‘quvchisi _____________________________ sinfda faol o‘quvchilardan biri


bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat
besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida matematika, fizika, kimyo, biologiya
fanlariga juda qiziqadi va “Yosh matematik” to‘garagining faol a’zosi. 2019-2020
o‘quv yilida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida matematika fani bo‘yicha fahrli ikkinchi
o‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan.

________________________ maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, ____-sinfda _________-sinfdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq,


Sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf
o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok
etishlariga harakat qiladi.

_____________________ning faolligini hisobga olib, maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Fahriy yorliq”lar va og‘zaki raxmatnomalar olishga erishgan.


Men ham kelajakda ________________________ning jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.

__________________________ ____________________




Bir nafar sinfda passiv o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma

___________________ tumani _________________-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
_______________ - sinf o‘quvchisi ___________________ga pedagogik-psixologik

TAVSIFNOMA

______- sinf o‘quvchisi ________________________ sinfda fanlardan bo‘sh o‘zlashtiruvchi va jamoat ishlaridan ham o‘zini chetga olishga harakat qiladigan o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim uch baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat uch baholar bilan tugatgan. Fanlar ichida ayniqsa matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e’tibori sust.

___________________________ maktab va sinf jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning qaloqligi sinfga ham katta ta’sirini o‘tkazadi, uning orqasida ko‘pincha sinf faollari va sinf rahbari e’tirozlarga sababchi bo‘ladi. Sinf o‘quvchilari ichida yana shu kabi ikki nafar o‘rtog‘i bor. Ular bilan ko‘pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo‘lar-bo‘lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo‘lsada to‘sqinlik qilishga sababchi bo‘ladi. Sinfdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo‘lini izlab bahona qidirishga, o‘zini chetga olishga moyil o‘quvchidir.

__________________________ hamisha maktab rahbariyati, sinf rahbari nazoratiga olingan bo‘lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo‘lga solishga va buzg‘unchilik ishlariga yo‘l qo‘ymasdan sinfning faol o‘quvchilari qatoriga qo‘shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va ko‘proq ishlashga e’tibor qaratilgan.


Kelajakda _____________________________ ning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo‘lib o‘zgarishiga ishonaman.

______ _______________ ______________________




Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma

______________________tumani ____-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
___- sinfiga berilgan pedagogik-psixologik

TAVSIFNOMA

Men sinf rahbarlik qilgan maktabning ____- sinfi maktabda o‘z o‘rniga ega


bo‘lgan sinflardan biri bo‘lib, __ nafar o‘quvchisi bor. SHulardan ___ nafari o‘g‘il
bolalar, _____nafari qiz bolalar. Sinf rahbari _______bo‘lib, __________fani o‘qituvchisi. ________yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi, ___yillik pedagogik stajiga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchidir.

Sinf rahbari o‘z sinfining yaxshi bo‘lishi, ularning a’lo baholarga o‘qishi va


jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun hamisha harakat qiladi, sinfini har doim
qo‘llab-quvvatlab keladi. Darsdan bo‘sh vaqtlari turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazib,
barcha o‘quvchilarning faol ishtirok etishlari uchun kurashadi.

SHu sababli ham ______- sinf o‘quvchilarining ____ nafari a’lochi, ______ nafari “__”


va ”__” baholarga va ___ nafari “___” va “___” baholarga hamda __ nafar faqat “___” bahoga
o‘qiydigan o‘quvchilardir.

___- sinf o‘quvchilaridan ____ nafari turli fanlardan maktab, tuman bilimlar


bellashuvlarida ishtirok etgan bo‘lib, _________ nafari fahrli o‘rinlarni egallashgan va rag‘batlantirilgan. Bunday a’lochi sinf o‘quvchilariga ________________________________________________________________ larni kiritish mumkin.

________- sinfda a’lochi va faol o‘quvchilar bilan bir qatorda, sinfni orqaga tortadigan


______ nafar o‘quvchi ham bor. Ular ________________________________________ bo‘lib, bu o‘quvchilar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quvchilarni ham o‘quv yili oxiriga qadar faol o‘quvchilar qatoriga qo‘shishga harakat qilinmoqda.

Men sinf o‘quvchilarining har biri kelgusida o‘z o‘rnini topib ketishiga va o‘zi tanlagan kasb egasi bo‘lib, jamiyatimiz uchun munosib xissalarini qo‘shishlariga ishonaman.



_________________________ __________________

Download 24.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling