Jizzax davlat


II.BOB.ONA TILINI O’QITISHDAGI TIL ME’YORLARI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1188575
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
TOSHMAMATOVA AROFA (1)

II.BOB.ONA TILINI O’QITISHDAGI TIL ME’YORLARI 
2.1.Ona tili o`qitishda “til – me`yor – nutq mutanosibligi” tamoyili. 


20 
Ta`lim tamoyili jamiyatimizning maktab oldiga qo`ygan talablardan kelib 
chiqadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini 
kengaytish o`qitish tamoyillarini amalda to`g`ri qo`llash bilan chambarchas 
bog`langan. 
O`qitish tamoyili nima? “Princip lotincha so`z bo`lib, asos qoida, talab singari 
ma`nolarni ifodalaydi, “O`qitish tamoyili” deganda dars samaradorligini ta`minlash, 
ta`lim jarayonini tashkil etish, uyushtirishga qo`yilgan asosiy talablar, qoidalar 
tushuniladi. O`qituvchi ta`lim ishini tashkil etar ekan, ana shu qoida va talabdan 
kelib chiqadi va ular o`rtasidagi uzviy bog`liqlikni ta`minlagan holda amalada tatbiq 
etish orqali ko`zlangan maqsadga erishadi. 
Ona tili darslarida bir tomondan umumdidaktik prinsiplar, ikkinchi tomondan 
shu fanni o`qitishning o`ziga xos tamoyillarini hisobga olishga to`g`ri keladi. 
Umumdidaktik prinsiplar garchand maktabda o`qitiladigan barcha fanlarga 
aloqador bo`lsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o`ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Maktabda hamma fanlar uchun umumiy bo`lgan 
didaktik prinsiplar: o`qitishning bolaga ma`lumot berish, tarbiyalash va 
rivojlantirishga qaratilgani; o`qitishning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi
sistemaviylik va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik
faollik va mustaqillik; ko`rsatmalilik; o`quvchilarga individual munosabatda bo`lish 
va ularning o`quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi tamoyillari garchand 
umumdidaktik prinsiplar sanalsa ham, ammo ona tili o`qitish nazariyasi har biri 
o`ziga xos mazmun kashf etadi. 
Ona tili o`qitishda umumdidaktik prinsiplar bilan bir qatorda shu fanning 
tabiatidan kelib chiqadigan quyidagi o`ziga xos prinsiplar ham mavjud: a) 
“til-me`yor-nutq mutonosibligi” tamoyili; b) o`zbek tili fanini o`qitish orqali 
o`quvchilar tafakkurini o`sishiga erishish tamoyili; v) o`zbek tilini o`qitishda 
mavzulararo, bo`limlararo va fanlararo bog`lanishga qat`iy amala qilish tamoyili; g) 
o`qituvchilarni til hodisalarini ajratishga o`rgatish tamoyili; d) o`zbek tilini o`qitish 
orqali o`qituvchilarning nutq malakalarini mustahkamlash va til sezgilarini oshirish 


21 
tamoyili; e) ona tili o`qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta`sirini nazarda tutish 
tamoyili. 
Maktabda ona tili o`qitishning bu o`ziga xos tamoyillari umumdidaktik prinsiplar 
bilan uyg`unlashib, ona tili darslari samaradorligini ta`minlovchi asosiy talablar 
silsilasini vujudga keltiradi. 
Quyida umumdidaktik va ona tili o`qitishning o`ziga xos prinsiplarga alohida – 
alohida to`xtalib o`tamiz. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling