Jizzax davlat


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana11.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1188575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TOSHMAMATOVA AROFA (1)




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
(SIRTQI BO‘LIM) BOSHLANG‘ICH 
TA'LIM YO‘NALISHI 
1- KURS 507- GURUH TALABASI 
TOSHMAMATOVA AROFATNING 
KURS ISHI 
 
 
Mavzu: Bo'g'in va Urg'uning nutqdagi o'rni. 
 
 
BAJARDI: B.A.TOSHMAMATOVA 
ILMIY RAHBAR: N.I.Mamaraximova 
 
 
 
 
 
JIZZAX – 2022 YIL 
Mundarija: 
KIRISH 
ASOSIY QISIM 
I.BOB.BO’G’IN VA URG’UNING NITQ FAOLIYATIDAGI O’RNI 



1.1.Bo’g’in tushunchasi 
1.2.Urg’u tushunchasi 
1.3.Bo’g’in va urg’uni nutqda foydalanilish. 
II.BOB.ONA TILINI O’QITISHDAGI TIL ME’YORLARI
2.1. Ona tili o`qitishda “til – me`yor – nutq mutanosibligi” tamoyili. 
2.2. Ona tili o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish tamoyili. 
2.3. Ona tili o`qitishda mavzulararo, bo`limlara ro, sinflar aro aloqadorlik tamoyili 
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
 
 
KIRISH: 
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual 
salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. SHu bois Vatani, 
halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor 



shaxsni 
etishtirish 
davlatning 
ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor 
yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali 
shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb 
muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga 
molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. 
Maktabgacha ta’lim
umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda 
o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani 
tarbiyalashni ko‘zda tutadi. 
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona 
tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish 
zarur.
Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. 
Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini 
ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar 
maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira 
oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini 
rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini 
tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab 
berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan 
mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni 
grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis 
tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda 
barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni 
otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish,
tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya 
qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga 
o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, 
suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga



o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, 
ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida 
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetikbilimga asoslangan holda 
1 sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar; b) 
fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli 
bo'g'inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik 
bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator 
imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish 
uchun zamin bo'ladi;
e) fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi 
to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so'zning tovush tomonini bilish uning m 
a’nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas 
va atlas so'zlari manosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi. So'zning tovush 
tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri 
talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda 
o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish 
ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tom ondan tahlil 
qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari 
fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va
undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va 
jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni 
talaffuzga ko'ra amaliy farqlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar. 
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy 
o'zlashtiradilar, am- mo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga 
bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1 sinf 
o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir 
tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga 
muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy 



mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga 
ta ’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. I sinfda 
fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va 
yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda 
mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling