Jizzax davlat
Ona tili o`qitishga nazariyaning amaliyot bilan bog`lash tamoyili
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
TOSHMAMATOVA AROFA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Ona tili o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish tamoyili.
Ona tili o`qitishga nazariyaning amaliyot bilan bog`lash tamoyili. Ona tili
o`qitishda nazariyani amaliyotga bog`lash deganda o`quvchilarning tildan egallayotgan ilmiy-nazariy bilimlarini amalda qo`llashini ta`minlash, ularni mustaqil turmush uchun zarur bo`lgan amaliy ko`nikmalar bilan qurollantirishni tushunamiz. Nazariyani amaliyotga bog`lash ona tili o`qitishni foydali maqsadlarga burish, o`rganilayotgan til hodisalarini o`quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga bo`ysundirish, til ta`limini hayot bilan, kundalik turmush bilan, odamlarning mehnat faoliyati bilan bog`lash demakdir. i. 2.2. Ona tili o`qitish orqali o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish tamoyili. 25 Ta`lim jarayonida o`quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv imkoniyatlarini hisobga olish didaktikaning eng muhim tamoyillaridan biri bo`lib, u ona tili o`qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o`zlashtirishga erishib bo`lmaydi. Ma`lumki, ona tilining izchil kursini o`rganish, asosan, o`rta maktab yoshi-o`smirlik davriga to`g`ri keladi. Bu yoshda o`quvchilarga topshiriqni o`z vaqtida aniq va yaxshi bajarishga harakat rivojlanadi. O`smirlik davrida qayta xotirlashga oid topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga ishtiyoq kuchayadi. Agar boshlang`ich sinfda o`quvchilar ko`proq ko`rgan yoki kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda shaxsan kuzatmagan, ko`rsatmagan, ammo boshqalardan eshitgan voqea-hodisalarni qo`shib uni bayon qilishga urinadilar. O`quvchilar bu yoshda rasmda aks ettirlgan voqealar haqida fikr yuritish bilan cheklanmay, rasmda ko`zga tashlanmayotgan, ammo mavzuga bevosita aloqador bo`lgan fikrlarni ham qo`shib, uni bayon eta oladilar. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ijodiy fikr ko`proq aniq voqea-hodisalar natijasida hosil bo`lsa, o`smirlik davriga o`tgan sari bu xususiyat o`z ko`lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan narsalarni tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni tahlil qiladi; o`zaro taqqoslaydi, ularning muhim o`xshash va farqli belgilarini izlaydi hamda hukm chiqaradi. Ona tili darslarida o`smirlarning real o`quv imkoniyati hisobga olingan taqdirdagina ta`lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali o`quvchi layoqatiga muvofiq kelgan taqdirda u faollik ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun o`qituvchi har bir o`quvchining shaxsiy qobiliyatini aniqlashi va ta`lim jarayonida uni hisobga olishi zarur. Ma`lumki, o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, qiziqish va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. O`zlashtirish darajasi yuqori bulgan, ijodiy fikrlay oladigan o`quvchi rasm asosida insho yozish kerak bo`lganda nafaqt rasmda ko`rayotgan narsalarni, balki o`zining hayotiy taasurotlarini qo`shib insho yoza oladi. O`zlashtirish darajasi va fikrlash qobiliyati bo`sh bo`lgan, til sezgirligi talab darajasida bo`lmagan o`quvchi xuddi shu inshoda hatto rasmda 26 ko`rayotganlarini ham to`lig`icha bayon qilib bera olmaydi. Demak, o`quvchilarda o`quv imkoniyati har xil bo`lib, bu ularning bilish faoliyatiga ta`sir etmay iloji yo`q. O`quvchilarning o`quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi asoslarga ega. O`quv imkoniyatining ichki asoslariga o`quvchilarda nutq malakalarining shakllanganlik darajasi, fikrlash va esda saqlab qolish qobiliyati, tafakkur usullarini bilishi va uni zarur o`rinlarda to`g`ri ishga sola olishi, tez o`qish va yozish malakalarining mavjudligi, til materiallarini o`rganishga munosabati kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga ona tili ta`limining mazmuni, o`quvchilarning til muhiti (uyda ham, maktabda ham o`zbek tilida so`zlashadigan o`quvchilarning o`quv imkoniyati turli tilda so`zlashadigan o`quvchilarning o`quv imkoniyatlaridan farq qiladi), ularga qo`yilgan yagona imloviy va nutqiy talab, o`qituvchining nutqi, maktabning moddiy texnikaviy ta`minoti kabilar kiradi. Ona tili darslarida o`quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda real o`quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyiliga qat`iy amal qilish quyidagi afzalliklarga ega: 1. O`qituvchi tomonidan tanlanadigan o`quv topshiriqlarini o`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga keladi. O`qituvchi o`quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda darslik va qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanadi. 2. O`quv imkoniyatini aniqlash ona tili o`qitishning shakli, metod va usullarini to`g`ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga imkon beradi. 3. O`quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta`limdan foydalanish imkoniyatini beradi. Chunki har bir o`quvchining o`quv imkoniyatini bilmasdan turib, o`quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o`quv imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi; bilishga bo`lgan ishonchni orttiradi; sinfdagi barcha o`quvchilarning deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit yaratadi. 27 4. O`quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani tarbiyalash va rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq keladigan topshiriq shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o`quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil etish ularning o`z kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta`minlaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling