Jizzax davlat
So‘zdagi bo‘g‘inlarning, gapdagi so‘zlarning boshqalardan kuchliroq
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
TOSHMAMATOVA AROFA (1)
So‘zdagi bo‘g‘inlarning, gapdagi so‘zlarning boshqalardan kuchliroq
talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi. Urg’u Urg’u ikki xil bo’ladi: so’z urg’usi va gap urg’usi. 1. So’z urg’usi. So’zdagi ma’lum bir unlining (yoki bo’g’inning) cho’ziqroq, ajratib, ta’kidlab aytilishidir. O’zbek tilidagi so’z urg’usi ko’chuvchan xarakterga ega bo’lib, asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi: gul-gulzor-gulzorlar-gulzorlarimiz-gulzorlarimizni. So’zga qo’shimcha 12 qo’shilishi bilan urg’u ko’chib boraveradi. Lekin barcha qo’shimchalar ham urg’u olavermaydi. Quyidagi qo’shimchalar urg’u olmaydi: 1. Birinchi darajali shaxs-son qo’shimchalari: -man, -san, -dir, -miz, -siz. Masalan, o’quvchiman, bolaman, yaxshisiz. 2. Sonlardagi-ta, -tacha qo’shimchalari, ravish yasovchi-cha qo’shimchasi urg’u olmaydi: o’nta, yigirmata, beshtacha, mardlarcha. 3. -dek, -day qo’shimchalari ham urg’u olmaydi: qordek, oydek, shishadek. 4. Fe’lning bo’lishsiz shakli -ma ham urg’u olmaydi: kelmadi, olmagan, aytmadi. 5. Qo’shimcha holidagi yuklamalar urg’u olmaydi: qizgina, keldi-yu. Ba’zi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmaydi: ammo, doim, afsuski, hatto, xuddi, albatta, balki, hamma, texnika, hamisha, kofe. Bunday holat o’zlashgan (boshqa tillardan kirgan ) so’zlarda kuzatiladi. So’z urg’usi ma’no farqlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan: olma (meva)-olma (fe’l), etik (kiyim)-etik (fan), atlas (xarita)-atlas (ko’ylak), hozir (payt)-hozir (tayyor), yangi (kitob)-yangi (payt), qo’llar (ot)-qo’llar (fe’l), qishloqcha (ot)-qishloqcha (ravish), o’quvchimiz-o’quvchimiz. Demak, so’z urg’usi so’zdagi biror bo’g’inni ajratib, ta’kidlab aytish va ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. 2. Gap urg’usi «mantiqiy urg’u», «logik urg’u», «ma’no urg’usi» kabi terminlar bilan yuritiladi. Gap urg’usi gapdagi biror so’zning ta’kidlab, ajratib aytlishidir: Biz kecha sayohatga bordik. Biz sayohatga kecha bordik. Kecha sayohatga biz bordik. Gap urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin ( kesim oldida) keladi. Tovush o’zgarishlari O’zakka qo’shimcha qo’shilishi natijasida yuzaga keladigan o’zgarishlar fonetik o’zgarishlar yoki tovush o’zgarishlari deyiladi. Tovush o’zgarishlarining quyidagi ko’rinishlari mavjud. 13 1. Tovush almashuvi: bunda qo’shimcha qo’shilishi natijasida bir tovush boshqa tovushga almashadi: qishloq-im-qishlog’im, etik-i-etigi, yosh-a-yasha, son-a-sana, bo’ya-q-bo’yoq, ong-la-angla, ot-a-ata. 2. Tovush tushishi: a) unli tovush tushadi: o’g’il-im-o’g’lim, shahar-ing-shahring, ulug’-ay-ulg’ay. b) undosh tovush tushadi: past-ay-pasay, sust-ay-susay, men-niki-meniki, sen-ning-sening. 3.Tovush ortishi: shu-day-shunday, o’sha-da-o’shanda; isi-q-issiq. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling