Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti «kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari»


Download 1.65 Mb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1533582
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
struktura 2 maruza

Xesh funksiyalar – ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma‘lumotini chiqishda belgilangan uzunlikdagi xesh qiymatga aylantirib beruvchi bir tomonlama funksiyalarga aytiladi. Xesh funksiyalar kriptografiya va zamonaviy axborot xavfsizligi sohasida ma‘lumotlarni toʻlaligini tekshirishda foydalaniladi. Elektron toʻlov tizimlari protokollarida ham istemolchi kartasi ma‘lumotlarini bank-emitentga toʻliq yetkazish uchun foydalaniladi.
Xesh funksiya – ixtiyoriy uzunlikdagi M-ma‘lumotni fiksirlangan uzunlikga siqish yoki ikkilik sanoq sistemasi ifodalangan ma‘lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bitlar koʻrinishidagi qandaydir kombinatsiyasi (svertkasi) deb ataluvchi funksiya.
Ta‟rif. Xesh-funksiya deb, har qanday
h: X>Y
oson hisoblanuvchi va ixtiyoriy M –ma‘lumot uchun h(M) = H fiksirlangan uzunlikga ega boʻlgan funksiyaga aytiladi.
Berilgan M-ma‘lumotning h(M) –xesh qiymatini topish uchun avvalo ma‘lumot biror «m» -uzunlikdagi bloklarga ajratilib chiqiladi. Agar M-ma‘lumot uzunligi «m» -ga karrali boʻlmasa, u holda oxirgi toʻlmay qolgan blok «m»- uzunlikga olindan kelishib olingan maxsus usulda biror simvol yoki belgi (masalan ―0‖ yoki ―1‖) bilan toʻldirilib chiqiladi. Natijada hosil qilingan M-ma‘lumot bloklariga:
M= { M1, M2 ,. Mn)
quyidagicha siqishni (svertkani) hisoblash protsedurasi qollaniladi: H0 =V ,
Hi = f ( Mi , Hi-1) , i =1,2,. n
h(M)= Hn ;
bu yerda V -qandaydir fiksirlangan boshlangʻich vektor.
Misol sifatida quyidagi keng tarqalgan:
f ( Mi , Hi-1) = E k( Mi + Hi-1) i =1,2,. n
xesh-funksiyani keltirib oʻtish mumkin.
Bu yerda E-simmetrik shifrlash algoritmi (masalan DES, GOST 28147-87, AES –FIPS 197 va hakoza), k- esa shifrlash algoritmi maxfiy kaliti, H0 = 0, + - XOR (mod 2 bo‘yicha mos bitlarni qoʻshish) amali.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling