Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati


Download 0.67 Mb.
bet4/6
Sana17.08.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1667775
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafa.....presentatsiya ali

Global jarayonlarni bashorat qilishning ahamiyati. Hozirgi davrning global muammolari o’z holatini zamonda tinimsiz o’zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo’lgan Yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo’qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko’ndalang bo’lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig’ butun sayyorani o’z iskanjasiga olmoqda... echilmagan muammolar soni o’sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o’z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», 1 deb yozgan edi.
Hozirgi davrda ijtimoiy bashorat bilan bog’liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Prognostika prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o’rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o’zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi. O’zbekistonda prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug’ullanadi.

Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi.

  • Bashorat: turlari, tiplari, metodlari. Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo’lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko’rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo’lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o’z gnoseologik tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo’lmagan hozirgi davrga qarab mo’ljal oladi.
  • Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko’ra bashoratning turlarini farqlash mumkin: Mifologik bashorat; kundalik bashorat ;astrologik bashorat; intuitiv bashorat; ilmiy bashorat.
  • Mifologik bashorat arxaik ong darajasidagi (eng qadimgi) bashorat turlaridan biri bo’lib, unda voqelar obrazlarning harakatlarida ifodalanadi. Masalan olimlar Mayya qabilalarining “Drezden qo’lyozmalari”da 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni deb belgilanganligi aniqladilar. Xususan, qo’lyozmalarda to’p o’ynayotgan navkarlar, baland tepalikda to’p tushishi mumkin bo’lgan doira hamda boshi tanasidan judo qilingan navkar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha to’p Quyosh ramzi,balandlikdagi doira Somon yo’li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to’pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to’pni kirita olmagan navkarnnig boshi olingan. Olimlar to’pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi deb tahlil qilmoqda. SHuningdek, Mayya qabilalari qo’lyozmalarida dunyoviy suv toshqini ham obrazlarda ifodalangan.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling