Jizzax filiali amaliy matematika fakulteti
Texnika va texnologiya tushunchalarning mohiyati
Download 0.67 Mb.
|
Falsafa.....presentatsiya ali
Texnika va texnologiya tushunchalarning mohiyati Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning Yangi tolqini bilan chetga surib qoyildi va qariyb ikki on yillik mobaynida ommaviy ongga oz tasirini yoqotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab boldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari Garbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bolib tuyular edi.. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «istemol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb elon qilgan kop sonli nazariyalarda oz aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini elon qildi va uning asosiy goyalarini keyinchalik ozining «Yangi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar tasirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur ozgarishlar yuz berayotganiga etibor qaratiladi. Rim klubi. Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati tasirida yuz berdi. 1968 yil Rimda ozining birinchi majlisiga yigilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari boyicha maruzalar tayyorlash va elon qilishni oz oldiga vazifa qilib qoydi. Bu tashkilotning 1972 yilda elon qilingan «Osish chegaralari» deb nomlangan birinchi maruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab boldi, chunki insoniyat ozi anglamagan holda «poroxli bochka ustida otirib, gugurt oynayotgani»ni korsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan sozboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday osish suratlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini kotarishga qodir ekanligiga soglom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. Osish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim».
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling