Jizzax politexnika instituti " Energetika va radioelektronika " fakulteti


Ikki yarim davrli ko‘priksimon ulangan to‘g‘irlagich. Ikki yarim davrli ko‘priksimon to‘g‘irlagichning ishlash prinsipi


Download 244.33 Kb.
bet3/9
Sana15.10.2023
Hajmi244.33 Kb.
#1703864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi-2023

Ikki yarim davrli ko‘priksimon ulangan to‘g‘irlagich. Ikki yarim davrli ko‘priksimon to‘g‘irlagichning ishlash prinsipi.
To‘g‘rilagichning bir fazali ko‘priksimon ulangan sxemasi transformator va to‘rtta dioddan tashkil topgan

Yuklamani aktiv qarshilikdan iborat deb qaraymiz va ishlash prinsipini o‘rganamiz. Chiqishdagi kuchlanish U0 xuddi to‘g‘rilagichning nol chiqishli ikki yarim davrli sxemasidan chiqadigan kuchlanishga o‘xshab bir tomonli kuchlanishdan iboratdir.
D1, D2 diodlar 0 – t1 vaqt orasida ochiq, chunki U2 kuchlanish musbat yarim davrli kuchlanishdan iborat. Shuning uchun xuddi shu davrda musbat yarim davrli kuchlanish U0 chiqishda hosil bo‘ladi. D1, D2 ochiq diodlar transformatorning ikkilamchi chulg‘amini Ryuk yuklama bilan bog‘laydi va chiqishdagi U0 kuchlanishning kattaligi va qutbi U2 kuchlanish bilan mos keladi. U1 kuchlanishda manfiy yarim davr kelganda transformatorning ikkilamchi chulg‘amida U2 teskariga o‘zgaradi (t1 – t2 vaqt oralig‘ida). Bu kuchlanishning ta’sirida D3, D4 diodlar ochiq, tok o‘tadi, natijada to‘g‘rilagichning chiqishida xuddi avvalgiga o‘xshagan bir tomonli kuchlanish hosil bo‘ladi.
8
Avvalgi yarim davrdagi kuchlanishni amplitudasi, shakli navbatdagiga o‘xshagan bo‘lganligi uchun chiqish kuchlanishni o‘rtacha qiymatini U0 orqali aniqlanadi.
To‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati U0 bilan transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi ta’sir etuvchi kuchlanish orasidagi munosabat ikki yarim davrli nol chiqishli to‘g‘rilagichdagiga o‘xshagan bo‘ladi, ya’ni U0= 0,9 U2
Yuklamadan oqayotgan I0 tok navbatma – navbat D1, D2 va D3, D4 diodlardan oqadi, shuning uchun har bir dioddan oqadigan o‘rtacha tokning qiymati

Yopiq dioddagi teskari kuchlanishning maksimal qiymati


Transformator va to‘rtta dioddan iborat bir fazali ko‘priksimon ulangan to‘g‘rilagich vaqt diagrammasi


Bu kuchlanish nol chiqishli ikki yarim davrli to‘g‘rilagichnikidan ikki barobar kichkina. Bu sxemada diodlari soni ko‘pligiga qaramasdan avvalgi sxemaga nisbatan sodda tuzilgan va teskari kuchlanishning maksimal qiymati kichkina bo‘lganligi uchun bular kichik va o‘rta quvvatli to‘g‘rilagichlarda ishlatiladi.



Download 244.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling