Jizzax politexnika instituti energetika va radioelektronika fakulteti texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi

Download 125.82 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi125.82 Kb.
#1430348
Bog'liq
MUS-4

JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH KAFEDRASI

AVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI

TAYYORLADI:
Xudoyqulov Dadajon
451-21 guruh
JizPI-2023

MAVZU:

REJA:

Avtomatik rostlash tizimlari (ART) ning sinflanishi

Har qanday tenologik jarayon yoki mashina о’zining harorat, bosim, tezlik, aylanish chastotasi, konsentratsiyasi, sath, kuchlanish va boshqalar kabi kо’rsatkichlari bilan ifodalanadi. Bu kо’rsatkichlar jarayon yoki mashinaning parametrlari deb ataladi. Rostlanishi, ya‘ni о’zgarmas qilib ushlab turulishi yoki berilgan dastur bо’yicha о’zgartirilishi talab qilinadigan texnologik parametr rostlanuvchi qiymat yoki rostlanuvchi parametr deyiladi. Vazifaga kо’ra, berilgan vaqtda о’zgarmas qiymatda ushlab turilishi lozim bо’lgan parametr rostlanuvchi parametrning berilgan qiymati deb ataladi.

Parametrlari rostlanib turadigan texnolgik jarayon yoki texnologik mashina boshqarish obyekti deb ataladi. Boshqariluvchi obyektga ulanadigan va rostlanuvchi parametrlarni о’zgarmas qilib ushlab turuvchi yoki berilgan qonuniyat bilan о’zgartiruvchi qurilmalar majmui rostlagich (regulyator) deb ataladi. Rostlanuvchi obe‘kt va rostlagich majmui avtomatik rostlash tizimi (ART) ni tashkil qiladi.

Avtomatik rostlash tizimlari mustaqil ravishda, tashqaridan aralashishlarsiz obe‘ktlarda rо’y berayotgan jarayonlarni ifodalovchi bir yoki bir nechta fizik qiymatlarni bir meyorda ushlab turadilar yoki berilgan qonuniyat bо’yicha о’zgartiradilar, yoki sharoitdan kelib chiqib obe‘ktning kerakli, optimal rostlash qonunini aniqlaydilar.

Avtomatik rostlash tizimiga, rostlovchi ta‘sirdan tashqari, yani yuklama, harorat, namlik, bosim va hokazolar о’zgarishi bilan bog’liq bо’lgan, rostlanuvchi parametrni og’ishiga olib keladigan, tashqi va ichki signallar ta‘sir qiladi. ART ning vazifasi-hosil bо’lgan og’ishni ma‘lum tezlik bilan nolga olib kelish yoki yо’l qо’iladigan qiymatigacha kamaytirishdir.

Rostlanuvchi qiymatning о’zgarish hususiyatiga qarab avtomatik stabillovchi, dastur bо’yicha avtomatik rostlovchi va kuzatuvchi avtomatik rostlash tizimlariga bо’linadi.

Avtomatik stabillash tizimlari rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatini о’zgarishiga yо’l qо’ymasdan, bir meyorda ushlab turadilar.

Kombinatsiyali ART lar yuqoridagi ikki usulning kamchiliklaridan holi bо’lganliklari uchun, ular asosida yuqori aniqlikka ega bо’lgan avtomatik tizimlar yaratish mumkin.

Supervizorli avtomatik boshqaruv tizimlarida mikroprotsessor berk kontur bо’yicha ishlaydi, uning chiqishlari tо’g’ridan-tо’g’ri regulyatorlarga ta‘sir qiladi va ularning parametrlarini sozlaydi. Bunda operatorning vazifasi tizim ishini kuzatishdan iborat bо’ladi va undan, faqatgina tizim ishida uzilishlar bо’lgan taqdirdagina aralashish talab qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

  • www.hozir.org
  • www.fayllar.org
  • www.kitob.uz
  • www.jizpi.uz

Download 125.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling