Jizzax politexnika instituti ilmiy-uslubiy kengashining
2023- yil “___”____dagi № __ majlis bayonidan
KO‘ChIRMA.
Majlis raisi - dots. G‘.Egamnazarov
Kotiba - dots. v.b. M.Matchonova
A’zolar soni - ____ ta.
Qatnashdi -____ ta.
KUN TARTIBI:
3. Turli masalalar. Institut ilmiy-uslubiy kengashi xay’ati tomonidan tavsiya etilgan darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalarni tasdiqlash.
EShITILDI: Turli masalalar yuzasidan Ilmiy-uslubiy kengashining ekspert guruhi a’zosi dots. A.Mustafakulov axboroti.
Dots. A.Mustafakulov so‘zga chiqib, ekspert guruhi tahlil qilishi va ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rib chiqib tasdiqlash uchun “Radioelektronika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari J.A.Mustofoqulov, Sh.A.Qarshiboyev va E.R.Murtazinlar tomonidan 60721200 – “Yengil sanoat buyumlarini konstruksuyalash va ishlatish texnologiyasi” va 60712500 – “Transport vositalari muhandisligi” yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Elektrotexnika va elektronika (Электротехника и электроника)” nomli o‘quv qo‘llanma kelib tushganligi haqida ma’lumot berib, bu ishlar ekspert guruhi tomonidan chuqur tahlil qilinganini, shuningdek, barcha zaruriy hujjatlar, ya’ni bayonnomalar va ichki, tashqi taqrizlar mavjudligini, ular ijobiy fikr bildirganliklarini ta’kidab o‘tdi. Dots. A.Mustafakulov yuqoridagilarni hisobga olib, yuqorida keltirilgan o‘quv qo‘llanmani tasdiqlab berishlarini taklif etdi.
Barcha kengash a’zolari bu taklifni bir ovozdan ma’qulladilar.
Ushbu masala yuzasidan dots.A.Mustafakulov ning axborotini tinglab ilmiy-uslubiy kengash quyidagicha
Q A R O R Q I L A D I:
1. Ilmiy-uslubiy kengashining ekspert guruhi raisi prof.A.Mustafakulov axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqorida tavsiya etilgan “Elektrotexnika va elektronika (Электротехника и электроника)” nomli o‘quv qo‘llanma tasdiqlansin va institut kengashiga tavsiya etilsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishi ilmiy-uslubiy kengash raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: dots.G‘.Egamnazarov
Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: v.b.dots. M.Matchonova
Do'stlaringiz bilan baham: |