Jizzax politexnika instituti servis fakulteti "menejment" kafedrasi


YUqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi


Download 0.91 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1560014
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv.

YUqorida ko‘rib chiqilgan operatsiya schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:

Ko‘rinib turibdiki, schyotlar bir-birlari bilai o‘zaro bog‘langan. Ulardagi yozuvlar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan ikkita o‘zgarishni: kassaga pullarning kelib tushishi va ularning hisob-kitob schyotidan chiqib ketishini ko‘rsatmoqda.
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozish schyotlarning o‘zaro bog‘lanishiga olib keladi. Bunday bog‘lanish schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasi - xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish paytida paydo bo‘ladi va u schyotlarning o‘zaro aloqasini namoyon bo‘lishlik shaklidir.
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi deb nomlanadi.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan 1 200 000 so‘mlik materiallarni ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin:

  1. D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti

K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti - 700 000 so‘m

  1. D-t - «YOqilg‘i» schyoti

K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti- 500 000 so‘m
Murakkab yozuvlarning oddiylarga ajratilishi mumkinligini, bir schyotning o‘ziga ta’sir etadigan bir necha operatsiyalar birga birlashtirilishi bilan tushuntiriladi (bizning misolda «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» - passiv).
SHunday qilib, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish, albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi. O‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlarning debeti va kreditiga har bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi. Murakkab yozuv qilinayotganda, bir schyot bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan summalarning jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng bo‘lishi kerak.
SHunday qilib, ikki yoqlama yozuv ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini aks ettiruvchi sifatida mantiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo‘jalik operatsiyalarining o‘z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha mamlakatlar amaliyotida mavjuddir.
Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikki yoqlama yozuv yordamida nazorat o‘rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondensiyasidan foydalaniladi. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyatini, uning ana shu nazoratida 76 ko‘ramiz, ya’ni ma’lum bir davrdagi barcha schyotlarning debet oborotlari barcha schyotlarning kredit oborotlariga teng bo‘lishi lozim.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling