Konsruktiv mantiq
– hozirgi zamondagi matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. Bu mantiq
konstruktiv matematikaga asoslanib, intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy
o’rganish asosida paydo
bo’lgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor to’plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish
asosida paydo
bo’ldi.Konstruktiv mantiq real voqelikda mavjud bo’lmagan ham, lekin fikrda qurish
mumkin
bo’lgan ob’ektlarni mantiqiy taxlil qiladi. Xususan, Sokrat mayovtika usulini, Demokrit
“Kanon”da (kanon – mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni
ishlab chiqqan, Arastu
“Organon”ida (organon – bilim quroli) fikrni mantiqan to’g’ri qo’rish va
bilimlarni hosil qilish vositalarini tadqiq etadi. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi ? degan
savol mantiqda keng muhokama kilingan.
Logitsizm
– bu oqim ham Kantor to’plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish asosida
vujudga kelgan. Logitsizm ham noklassik mantiqning
tarmog’i bo’lib, mantiq ilmini matematikadan
ustun
qo’yishga intilgan oqimdir. Bu tarmoq vakillari matematika va mantiq ikki xil fan emas, balki
bitta yagona fandir, deb
ta’kidlaydilar. Matematikani mantiq doirasiga to’laligicha kiritish mumkin,
buning uchun xech qanday
qo’shimcha tushunchalar talab qilinmaydi deb ko’rsatadilar. Bu fikr
matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. Matematika rivoji uchun boshqa
fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli
mantiqiy asosga ega. Matematika qadimdan mantiqan izchil fan deb hisoblangan. Biroq matematikani
mantiq ilmi bilangina izohlash mumkin emasligini
ko’pchilik matematik va mantiqshunoslar tan
Do'stlaringiz bilan baham: |