Jizzax politexnika instituti taqdimot slayd
olishadi. Logitsizmni XVIII asr nemis faylasufi Leybnits boshlab bergan
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
taqdimot slayd (2)
olishadi.
Logitsizmni XVIII asr nemis faylasufi Leybnits boshlab bergan bo’lib, uni XX asr ingliz faylasufi B. Rassel nixoyasiga yetkazdi. G. Frege, D. A. Bochvar, A. CHyorch kabi matematik va mantiqshunoslar B. Rassel karashini keskin tanqid qildilar va noklassik mantiqni boshqa yo’nalishlarda rivojlantirdilar. Mantiq fanining vazifalari.Tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o’stiradi, xususan, fikrni to’g’ri qurish malakasini rivojlantiradi, bahs yuritishda o’zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo’lishga, suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo’g’inlarni ochib tashlashga yordam beradi. Muhokamani to’g’ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo’l qo’ymaslikka erishish, aytish mumkinki, o’ziga xos san’at-mantiq san’ati hisoblanadi. Bu san’atning nazariy asoslarini chuqur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. SHu o’rinda buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi fikrlarining alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi : “Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo’l qo’yish mumkin bo’lgan barcha xollarda, to’g’ri tafakkurga yetaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni ko’radigan san’atni-mantiq san’atini o’rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo’lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo’lgan munosabatiga o’xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to’g’rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo’lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo’l qo’yish mumkin bo’lgan barcha hollarda aklni to’g’rilab turadi” 1 . Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O’quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo’lishiga, muammolarning mantiqan to’g’ri qo’yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to’g’ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to’g’ri foydalanishga bog’liq. Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni yechish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o’rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo’lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati nuqtai nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson muammosining xal qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma’naviy, axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga bog’liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling