Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Xozirga vaqtda isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimida qayta
tiklanuvchan energiya resurslaridan foydalanish butun dunyo miqyosida asosiy
masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. SHu bois muhandislik tizimlarini loyihalash,
qurish, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilishda ulardan
foydalanish asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish» fanini
o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi
informatsion va pedagogik texnologiyalarini tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir.
Fanning o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qullanmalar, ma’ruza matnlari,
texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan
foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalaniladi.
«Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish» kursini
loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa
ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib
chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida
mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro
bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |