GLOSSARIY
Energetika –
energetik resurslar,ishlab chiqarish, uzatish, o‘zgartirish,
akkumulyasiya qilish, tarqatish va turli ko‘rinishdagi
energiyalardan foydalanish
tizimlarini qamrab olgan iqtisodiyot, ilm va texnika yo‘nalishi
.
Energetik tizim (energotizim) – elektrostansiyalar,bir-
biri bilan ulangan va
uzluksiz ishlab chiqarish jarayonida umumiy rejimga bog‘liq elektr va issiqlik
tarmoqlari, elektr va issiqlik energiyasini bir turdan boshqa turga o‘zgartirish va
taqsimlash rejimini umumiy boshqarish majmuasi
Energiya tashuvchi – turli agregat xolatdagi(qattiq, suyuq va gaz)
modda va
materiyani boshqa ko‘rinishidagi (plazma, maydon nurlanish va h.k) ma’lum bir
zenrgiyaga ega bo‘lib energiya bilan ta’minlash maqsadida foydalanuvchi modda.
Qayta tiklanuvchan yoqilg‘i energetik resurslar – tabiiy jarayonlar natijasida
uzluksiz to‘ldirib turiladigan tabiiy energiya tashuvchilar.
Qayta tiklanuvchan yoqilg‘i energetik resurslar,
qayta tiklanuvchan energiya
manbalariga asoslangan:
- Quyosh,shamol, daryo,dengiz va okeanlar energiyasi, Erning ichki energiyasi
- Barcha ko‘rinishdagi biomassa energiyasi
- Ishlab chiqarish, maishiy qattiq chiqindilarni
utilizatsiya qilinishidan
olinadigan energiya
- O‘simliklar biomassasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqish orqali olinadigan energiya
Noan’anaviy qayta tiklanuvchan energiya manbalari -
biomassasini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqish va gidroenergiyadan boshqa barcha turdagi qayta
tiklanuvchan energiya manbalari.
Do'stlaringiz bilan baham: