Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Xozirga vaqtda isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimida qayta
tiklanuvchan energiya resurslaridan foydalanish butun dunyo miqyosida asosiy
masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. SHu bois muhandislik tizimlarini loyihalash,
qurish, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilishda ulardan
foydalanish asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Fanni o‘qitishdagi yangi texnologiyalar
O‘qitish davrida talabalar kafedrada mavjud zamonaviy kompyuter
texnologiyalari va o‘qitish vositalari yordamida mavzularni mohiyatini o‘rganadi.
Dars materiallari fan va texnikaning so‘nggi yangiliklari va zamonaviy
texnologiyalarni qamrab olgan ma’lumotlar Mavzular bo‘yicha muhokamalarda
interfaol o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Har bir talabaga o‘z nuqtai nazari va
fikrini bayon qilish imkoniyati amaliy darslarda beriladi. ularning ish prinsiplari bilan
tanishadilar va tajriba ishlarini maxsus laboratoriya stendlarda bajaradilar.
Talablalarning o‘qish davrida olgan bilimlari natijalari test-reyting, yozma ish asosida
aniqlanadi. Ma’ruza, mashg‘ulotlari yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tilishi
tavsiya etiladi.
ASOSIY QISM
Kirish. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish
asoslari.
Er usti va er osti tabiiy resurslari. Barqaror rivojlanish asoslari va tamoyillari.
Qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj. Qayta
tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy va
me’yoriy talablari.
Qayta tiklanuvchi va qayta tilanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish
huquqiy va me’yoriy asoslari. Xalqaro deklaratsiya va konvensiyalar.
Issiqlik energiyasini va energiya resurslarni tejash yo‘llari.
Energiyaning an’anaviy va noan’anaviy manbalari. Issiqlik energiyasini va
energiya resurslarni tejash yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |