Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligida va
nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va
ko‘nikmalarni shakillantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlar yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzular bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
- maket, model va namunalar yaratish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor –o‘qituvchilari
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar, masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Unda
talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy masala va misollar echish
uslubi va mustaqil echish uchun masalalar keltiriladi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan
foydalanish asosi.
2. Quyosh nuri orqali suvni qizdirish. Izolyasiyalangan yig‘gich bo‘lgan
sistemalar.
3. Gidroenergiya. Reaktiv va aktiv gidroturbinalar.
4. Anaerob chiritish yo‘li bilan biogaz olish. YOqilg‘ini agroximik usulda
olish.
5. Energiyani masofaga uzatish va akkumulyasiya qilish.
6. Quyoshli kollektorlar konstruksiyasi va xarakteristikasi.
7. Quyosh energiyasi yordamida isitish tizimini hisoblashning o‘ziga xosligi.
8. Issiqlik nasoslarini qo‘llashning iqtisodiy shartlari. Kombinatsiyada
ishlovchi issiqlik nasosi qurilmalari.
9. Issiqlik nasoslaridan foydalangan xolda isitish qurilmalarini loyixalash.
10. Qayta tiklanadigan energiya manbalari. Ularni jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.
11. O‘zbekistonda quyosh, shamol va suv energiyasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |