Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/70
Sana10.11.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1764340
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 7

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
Xozirga vaqtda isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimida qayta 
tiklanuvchan energiya resurslaridan foydalanish butun dunyo miqyosida asosiy 
masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. SHu bois muhandislik tizimlarini loyihalash
qurish, ulardan samarali va ishonchli foydalanishni tashkil qilishda ulardan 
foydalanish asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Talabalarning «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish» fanini 
o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi 
informatsion va pedagogik texnologiyalarini tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. 
Fanning o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qullanmalar, ma’ruza matnlari, 
texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan 
foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi pedagogik va axborot 
texnologiyalardan foydalaniladi
«Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish» kursini 
loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: 
SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarining to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa 
ta’limni loyihalashtirayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, 
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib 
chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi. 
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida 
mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro 
bog‘langanligi, yaxlitligi. 
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini 
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini 
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling