Jizzax Politexnika Instituti Yo’l-muhandislik yo’nalishi №676\21 guruh talabasi qarshiboyev dilmurod


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1235173
Bog'liq
avtomobil yollarida qiduruv



Jizzax Politexnika Instituti
Yo’l-muhandislik yo’nalishi
№676\21 guruh talabasi
QARSHIBOYEV DILMUROD
AVTOMOBIL YO’LLARINI QIDIRUV ISHLARI TARKIBI VA 
TURLARI


Yo'lning ishlashi ko'p jihatdan uning joydagi vaziyati bilan belgilanadi.
Barcha loyiha yechimlari mahalliy xalq xo'jalik va tabiiy sharoitlarni batafsil va
chuqur o'rganishga asoslangan bo'lishi kerak. Uzoq vaqtlargacha buning uchun
asosiy yo’l loyihalash tashkilotlan xodimlarinmg barcha
zarur suratga olishlar-
qidiruvlarni amalga oshirish uchun joylarga chiqib ketishar edi. Hozirgi
aerofotosuratga olish texnikasining rivojlamshi oldinlari bajarilgan ishlarning katta
qismini kameral sharoitlarga o'tkazishga imkon beradi. Bunda borish qiyin bo'lgan
tog’li yoki o'rmon bosgan ravonlar uchun trassani (yo'lning o'q chizigini) eng
yaxshi o'tkazishni ishonchli tanlash taminlanadi va muhandislik-geologik ishlar
hajmi kamayadi.
Biroq aerofotosuratlarni deshifrovka qilish (ma'nosini ochib berish)
usullanning tabora rivojlanib borishiga qaramasdan, loyihalash uchun zarur bo'lgan
ko'pgina ma’lumotlami yerda olib boriladigan geodezik ishlar natijasida olish
mumkin. shuning uchun bular loyiha tuzishdagi majburiy elementlar bo'lib
qolmoqda. Yerda olib boriladigan geodezik suratga olishlar. shuningdek. qurilish
ishlari boshlanishidan oldin trassani joyda tiklash uchun zarur. Avtomobil yo'llarini
loyihalash bitta yoki ikkita bosqichda amalga oshiriladi.
Bitta bosqichda (qidiruvlar asosida tuziladigan ish loyihasi qiymatni yig'ma
smetali hisoblanishi bilan) qulay, yaxshi o'rganilgan tabiiy sharoitlarda oddiv,
texnik jihatdan murakkab bo’lmagan mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan obyektlar va
yo'llarni loyihalash amalga oshiriladi.
Avtomobil yo’llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari.


Ikki bosqichda (qurilishdan oldin o'tkazilgan uzil-kesil muhandislik
qidiruvlari asosida tuziladigan loyiha yig'ma smetali hisoblash va ish hujjatlari
smetalari bilan) davlat ahamiyatiga ega bo'lgan katta yo'llar, shuningdek, alohida
hisobga olishni talab etadigan murakkab tabiiy xususiyatli mintaqalardagi yo‘llar
loyihalanadi.
Qidiruvlar o'tkazish va avtomobil yo’llari loyihalarini ishlab chiqish
topshirig'i loyihalash tashkilotlari lomonidan reja organlari ishlab chiqadigan
mamlakatning iqtisodiv mintaqalarida xalq xojaligi turli tarmoqlarining rivojlanish
va joylashtirilish sxemalari asosida beriladi. Bu sxemalarni batafsillashtirish
15...20 yilgacha istiqbolga mo'ljallab vo'l tarmoqlarini rivojlantirish sxemalarini
tuzishdan iborat, ular mo'ljallangan transport qurilishi obyektlarining amalga
oshirilishining zarurligini va iqtisodiv jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslovchi
iqtisodiv qidiruv ma’lumotlari asosida tuziladi.
Muhim yo’llar loyihalarini tuzishdan oldingi loyiha oldi bosqichiga tegishli
bo'lgan bu ishlar asosida yo'llar qurilishi yoki qayta qurilishi hamda yo’llardagi
virik muhandislik inshootlari samaradorligining batafsil texnik-iqtisodiy
asoslanishi tuziladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling