Jizzax shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umumta’lim maktabida tarix, huquq, tarbiya fani metod birlashmasining Fan oyligi yakuni m a’ lumotnomas I
Download 16.62 Kb.
|
fan oyligi malumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab birlashma rahbari: D.O’ralova
Jizzax shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 19-umumta’lim maktabida tarix, huquq, tarbiya fani metod birlashmasining Fan oyligi yakuni M A’ L U M O T N O M A S I 24.12.2022 yil Jizzax Fan oyligi doirasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 avgutdagi “Fan oyliklarini o’tkazishni takomillashtirish to’g’risida”gi 183-sonli buyrug’I bo’yicha tabiiy fanlarning fan oyligi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ijtimoiy gumanitar fanlar Metod birlashma rahbari va a’zolari tomonidan tadbirlar rejasi tuzildi. Fan oyligiga mos deoriy gazetalar chiqarildi. O’quvchilar ijodiy ishlaridan o’tadigan fan oyligi doirasida amalga osiriladigan ishlar rejalari tuzildi va quyidagi ko’rgazmalar tashkil qilindi. Mkatbnin g 5-11-sinf o’quvchilaridan fan oyligi avomida itimoiy gumanitar fanlardan o’quvchilarning DTS o’quv dasturini o’tkazish, bilim va samaradorligini aniqlash bo’yicha ichki monitoring nazoratlari o’tkazildi. 2022 yil 2 dekabr kuni maktab faollar zakida tarix, huquq va tarbiya fanlari ya’ni ijtimoiy gumanitar fanlar fan oyligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu marosimga maktabning barcha tarix fani o’qituvchilari va maktabning 6,7,8 sinf o’quvchilaritaklif qilindi. Tadbirni maktab o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari O.Mo’minova o’zining kirish so’zi bilan ochib berdi. Kirish so’zidan keyin O’zbekiston Davlat madhiyasi kuylandi. So’ngra navbat o’quvchilarga berildi. Maktabning 6-sinf o’quvchilari Vatanni madh etuvchi raqsi bilan boshlandi. 8-B sinf o’quvchilari Jaloliddin Manguberdining mardligi bo’yicha sahna ko’rinishi namoyishetishdi. 6-sinf o’quvchilari tomonidan sport chiqishlari va Yulduz Usmonovaning Vatan haqidagi qo’shig’i o’quvchilar tomonidan kuylandi. Dekabr tarix, huquq, tarbiya fani oyligi dooirasida O’ralova Dilnoza, Baybekova Venera, Ismatova Sohibalar noan’anaviy ochiq darslar o’tib berishdi. Maktabning 5 E va 5 Z sinflari tomonidan maketlar yasash bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Maktabning 1-sinflari ishtirokida Zakovat o’yini o’tkazildi. Oylik yakuni bo’yicha metod birlashma a’zolari tomonidan oylik festivali o’tkazildi. Tarix, huquq va tarbiya fan oyligining yakuniy festivali 2022 yil 23 dekabr kuni maktabning faollar zalida uyushtirildi. Ushbu tadbirga maktab ma’muriyati va barcha fan o’qituvchilari taklif etildi. Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’inbosari M.Zokirova so’z olib, fan oyligining muvaffaqiyatli tugagani bilan barcha o’qituvchi va o’quvchilarni tabrikladi. Metod birlashma rahbarining tavsiyasi bilan fan oyligida faol ishtirok etgan o’qituvchi va oquvchilar maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi. M.Zokirova o’zining yakuniy nutqida barcha qatnashchilarning kelgusi o’qishlari va ishlariga ulkan zafarlar tiladi. Fan oyligini o’tkazishdanmaqsad yosh avlodga ta’lim berishning sifati va samaradorligi yanada yaxshilashdan iborat bo’ldi. Tadbir so’ngida metod birlashma rahbari D.O’ralova so’z olib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni metod birlashma a’zolariga qat’iyan belgilab berdi. Maktab birlashma rahbari: D.O’ralova Download 16.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling