Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish
Qaror qiladi:
Ustoz-shogird an’anasi bo‘yicha o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish yuzasidan yo‘riqnoma ijrosini ta’minlash bo‘yicha D.Saidova ma’ruzasi asos va ijro uchun qabul qilinsin.
Ma`naviy ma`rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlariga;
10-11-sinf o’quvchilarining ota-onalari ishtirokida “Ustoz-shogird” an’anasi mavzusida yig’ilishlar o‘tkazilsin;
ustozga shogird sifatida biriktirilgan o’quvchilarni nazorat qilish, ularga maslahatlar berib borish uchun maktabdan sinf rahbarlari, yoshlar ittifoqi yetakchisi, psixolog va tegishliligi bo’yicha fan o’qituvchilaridan biriktirilsin;
o’quvchilar bilan umumiy o’rta ta’lim muassasasining tasdiqlangan ichki tartib va odob-axloq qoidalari bo’lgan odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlari talablariga va ularning maktabdan tashqari vaqtlarida belgilangan yo’l harakati havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini o’rgatib nazorat qilib borilsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |