Jizzax viloyat adliya boshqarmasi


Download 122.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2023
Hajmi122.33 Kb.
#1332043
Bog'liq
1-15.7-7.179 23-сон мактабга



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
JIZZAX VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
ZARBDOR TUMAN ADLIYA BO‘LIMI 
TAQDIMNOMA 
Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida
2023-yil 21-fevral
1-15/7-7//179-son 
Zarbdor tumanidagi 23-sonli
umumta’lim maktabi direktori
F.A.Bosimbekovga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli
qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi
Nizomga asosan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida huquqni qo‘llash
amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son
Qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida Nizomning
12-bandida Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar
tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda qabul qilingan yuridik tusdagi hujjatlar
yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday
huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi, bundan ma’muriy javobgarlik va
ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi, fuqarolik prosessual, jinoyat-prosessual,
jinoyat-ijroiya, iqtisodiy prosessual qonunchilikka muvofiq qabul qilinadigan hujjatlar
mustasno ekanligi belgilangan.
Mazkur Nizomning 23-bandiga muvofiq, ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat
qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Adliya organlari o‘z vakolatlari
doirasida ushbu Nizom va Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik
hujjatlari talablarining Markazlar xodimlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor
shaxslari tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek
aybdor shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga
yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha
choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qaroriga asosan yuridik tusdagi hujjatlar
xujjatlar «E-huquqshunos» elektron tizim orqali aylanib, Zarbdor tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan xulosalar olish belgilangan.
Qarorlar talablariga rioya etilayotganligi ahvolini tahlil qilish maqsadida
monitoring o‘tkazilganida quyidagilar aniqlandi.
Xususan, “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar
bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 36-bandiga muvofiq, ijara tizimidagi
darsliklar to‘plami o‘quvchilarga umumta’lim maktabi ma’muriyati va o‘quvchining
ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy o‘rtasida mazkur


Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan darsliklarni ijaraga berish
to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma asosida beriladi.
Mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq, bepul foydalanish uchun taqdim
etiladigan darsliklar va O‘MQlar, shu jumladan chet tillari bo‘yicha darsliklar va ularga
O‘MQlar umumta’lim maktabi ma’muriyati va o‘quvchining ota-onasi yoki ularni
o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud umumta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘rtasida mazkur
Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan darsliklar va/yoki o‘quv-metodik
qo‘llanmalarni bepul foydalanishga berish to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma asosida
beriladi.
2022-2023 o‘quv yili uchun maktab darsliklarini qayd etilgan Nizomning 7-
ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan darsliklar va/yoki o‘quv metodik qo‘llanmalarni
bepul foydalanishga berish to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma asosida ijaraga berish
joriy qilindi.
Biroq, monitoring o‘tkazilganida 23-sonli maktab tomonidan 2022 o‘quv yilida
jami o‘quvchilarning soniga mutanosib ravishda o‘quvchilarning ota-onalari yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan darsliklarni ijaraga berish to‘g‘risida 80 ta,
darsliklar va/yoki o‘quv metodik qo‘llanmalarni bepul foydalanishga berish to‘g‘risida
20 ta shartnomalar tegishli tartibda tuzilmaganligi va “E-huquqshunos” elektron tizimi
orqali Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan xulosa olinmaganligi
aniqlandi.
Yuqoridagilarga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi
Nizomni qo‘llab, 
SO‘RAYMAN:
1. Taqdimnomada ko‘rsatib o‘tilgan jami 100 ta shartnomalarni huquqiy oqibati
bo‘yicha ijrosini to‘xtatib, bekor qilishingizni va tegishli tartibda YuXKM orqali
xulosa olinib, qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirishingizni; 
2. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ustidan idoraviy
nazoratni kuchaytirishingizni;
3. Taqdimnoma ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
2023-yil 10-mart kuniga qadar asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda tuman adliya
bo‘limiga yozma ma’lumot berishingizni.
Eslatma: Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini
bajarmaslik MJtKning 198
 
 
4
-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikni keltirib
 
 
chiqaradi.
Adliya bo‘lim boshlig‘i
B. Bozorov
 
Ijr.: M.Qulmatov
Tel.: +99893-122-24-79

Download 122.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling