Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati


Download 296 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi296 Kb.
#1542625
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari

Ijtimoii geografiya. Jizzax viloyatida, mamlakatimizning boshqa mintaqalari singari, ijtimoii sohalar rivojlanishiga ustuvor ahamiyat berilmokda. Bu respublika Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy tamoyillariga moe keladi.
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanmasi Jizzax shahridan tashqari, G‘allaorol, Jizzax, Zomin va Baxmal tumanlarida, pullik xizmat Jizzax, G‘allaorol, va Zomin tumanlarida, nisbiy ko‘rsatkichlarda, yukori ulushlarga ega.
Aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi viloyat bo‘yicha o‘rtacha 72,3 %, tabiiy gaz bilan - 75,4 %. Ko‘rinib turibdiki, ushbu sohada o‘z yechimini topmagan muammolar xam mavjud. Jami tibbiyot muassasalari soni 63 ta, ularning ko‘pchiligi budjet tizimida. Bemor o‘rinlar soni har 10 ming axoliga 40,5 ta, ambulatoriya - poliklinika muassasalari 272 ta.
2013-yilda viloyatda jami 2006 vrachlar bo‘lib, har 10000 kishita -16,6 ta vrach, 90,7 o‘rta meditsina xodimlari xizmat ko‘rsatgan; Qishloq vrachlik punktlari 174 ta bo‘lib, har bir qishloq tumaniga o‘rtacha 17,5 tadan to‘gri keladi. Har 100 ming aholiga hisoblaganda, kasallanish 44,4 ming kishi bo‘lgan.
Umumta’lim maktablari 546 ta, o‘quvchilar - 199 ming kishi; xar bir maktabda o‘rtacha 364 tadan o‘quvchi bor. Bu kursatkich aholi zich joylashgan mintaqalar - Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Toshkent viloyatlariga qaraganda ancha past, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro yoki Navoiy viloyatlariga nisbatan esa kattaroq. Ta’lim geografiyasidagi bunday tafovutlar mintaqalarning tabiiy sharoiti va ishlab chiqarish hamda aholini xududiy tashkil etish xususiyatlari bilan bog‘liq. Viloyatda akademik litseylar 4 ta (talabalar 3610 nafar), kasb-hunar kollejlari 75 ta (talabalar 61780 nafar). Akademik litseylar asosan viloyat markazida, kasb-hunar kollejlari esa barcha qishloq tumanlarn va shaharlarida tashkil etilgan. Jizzax shahrida 2 ta oliy o‘quv yurti - pedagogika va politexnika institutlari borInvestitsiya, transport va tashki iktisodiy alokalar. Jami kiritilgan investitsiyaning 2/5 qismi ishlab chikarish tarmokdariga, 60,0 foiziga yakini noishlab chikarish sohalariga yunaltirilgan. Albatga, bu ko‘yilmalar yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi.
Investitsiyalar xududiy tarkibida Jizzax yetakchi - 34,2 %, G‘allaorol tumaniga jami investitsiya hajmining 13,0 % to‘gri keladi. Shuningdek, Baxmal, Jizzax va Zomin tumanlarining xam hissasi katta. Ayni vaqtda, bu ko‘rsatkich Yangiobod, Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlarida juda past. Xorijiy investitsiyalar yordamida 50 ta ko‘shma korxona tashkil etilgan. 2012-yilda faoliyat ko‘rsattan ko‘shma korxonalar viloyat yalpi maxsulotining 20,3, eksportining 6,8 % ni ta’minlagan. Ularda jami 1032 kishi ishlagan. Import xajmi 12652 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Viloyatda transportning xar xil turlari mavjud. Yuk va yo‘lovchilar tashish asosan avtomobil transporta zimmasiga tushadi. Masalan, 2010-yilda transportda tashilgan yuk 25,6 mln. tonnami tashkil etgan holda, u to‘liq avtomobil transporta tomonidan amalga oshirilgan. Shu yilda transportda tashilgan yo‘lovchilar soni 187,7 mln. kishiga teng bo‘lgan.
Jizzax viloyatining transport geografik o‘rni qulay. Bu yerdan Katta uzbek yo‘li, elektrlashtirilgan temir yo‘l o‘tgan. Viloyat va uning markazi - Jizzax shahri Toshkent, Samarkand, Bekobod shaharlari bilan aloka qilish uchun qulay imkoniyatga ega.
Tashki iktisodiy aloqalar, asosan Xitoy, Rossiya, Shveysariya, Gonkong, Turkiya, Singapur va boshqa davlatlar bilan olib boriladi. 2012-yilda viloyatning tashqi savdo aylanmasi 175,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan va o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan (270,6 mln dollar). Eksport 115,3 va import 60,3 mln. dollarni tashkil kilgan. 2008 yilda bu ko‘rsatkichlar moe tarzda, 131,0; 103,8; va 27,1 mln. AQSh dollari hajmiga teng bo‘lgan.
Eksport tarkibida paxta tolasi 73,2 % (2009-yilda 81,6 %, 2008 yilda 64,9 %), oziq-ovkat mahsulotlari 10,1 %. Import tarkibida esa mashina va uskunalar 30,9 % (2008 yilda 53,0 %), ozik-ovkat mahsulotlari 31,1 % (13,6 %)foizni tashkil etgan.
Iktisodiy aloqalar geografiyasida Paxtakor (eksportda 19,4 %) va Do‘stlik (10,3 %) tumanlari oldinda turadi. Shu bilan birga, kulay investitsiya muhitining mavjud emasligi va ko‘shma korxonalar barpo etilmaganligi sababli Forish, Yangiobod, G‘allaorol tumanlarida eksport yo‘q darajada. Importda esa, eng avvalo, Jizzax shahrining ulushi katta -55,8 %. Zarbdor tumani xam bu borada ajralib turadi - 17,6 %. Ayni vaqtda, Arnasoy, Do‘stlik va Mirzacho‘l qishlok tumanlarida ko‘rilayotgan yilda import oz darajada amalga oshirilgan.
Viloyat xo‘jalignning xududiy tarkibi. Viloyat tabiiy sharoiti, afoiklim va mineral xom ashyo resurelarining hududiy xususiyatlari bu yerda ikkita asosiy tabiiy-xo‘jalik rayonlarining shakllanishiga olib kelgan. Birinchisi yoki Yuqori rayon tot va tog‘oldi xududlarda joylashgan Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish, Jizzax va Yangiobod tumanlarini o‘z ichiga oladi. Rayon viloyat umumiy maydonining 87,8 foizi va aholisining 3/4 qismiga yaqinini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu hududda lalmikor deqqonchilik, xususan, bug‘doy yetishtirish, shuningdek, bog‘dorchilik, asalarichilik, kartoshka, jun va sut-go‘sht chorvachiligi, rekreatsiya va turizm rivojlangan. Rayon mintaqa yalpi sanoat va qishlok ho‘jalik mahsulotining yarmidan ortig‘ini beradi. Bu yerda joylashgan Jizzax shahar viloyat sanoatining asosiy markazidir.
Ikkinchi - Quyi rayon asosan paettekisliklarda joylashgan, yangi yerlarni o‘zlashtirish negizida tashkil topgan Arnasoy, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l va Paxtakor qishloq tumanlaridan iborat. Rayon viloyatning paxtachilikka ixtisoslashgan hududi hisoblanadi. Shuningdek, bu yerda sabzavotchilik va poliz mahsulotlarini yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Quyi rayonda viloyat umumiy maydonining 12,2 va aholisining 26,7 foizi joylashgan. U mintaka sanoat ishlab chiqarishining 43,8 va qishloq xo‘jaligi mahsulotining 44,9 foizini beradi.
Keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sanoat va qishlok. xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Do‘stlik, Zafarobod, Paxtakor tumanlari yuqori, Yangiobod, G‘allaorol, Mirzacho‘l tumanlarining ko‘rsatkichlari esa, past darajada. XIM ishlab chikarish Jizzax shahri va Do‘stlikdan tashqari barcha tumanlarda viloyat darajasidan kamligini ko‘rish mumkin. Aholiga pullik xizmat kursatishda Do‘stlik, Jizzax, Mirzacho‘l tumanlari biroz yuqori bo‘lsa, Yangiobod tumanining ulushi ancha oz. Qolgan tumanlarning iktisodiy salohiyati uncha yuqori emas.
Kelajakda Jizzax viloyatining rivojlanish strategiyasi turli omillar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bu borada viloyatning mavjud tabiiy - resurs salohiyatidan keng foydalanish, iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini boyitish va zamonaviylashtirish, "Jizzax" maxsus industrial zonasini barpo etish muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyatda mehnat resurelari ko‘p, shu bois, bu yerda mehnatni ko‘p talab qiluvchi oziq-ovkat va yengil sanoatni rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Shuningdek, Jizzax viloyatining kulay iktisodiy va transport iktisodiy geografik o‘rnini ham ta’kidlash joiz. U respublikamizning Markaziy va Zarafshon mintaqalarini bog‘lovchi xalqa va o‘ziga xos o‘sish qutbi yoki qutbiylashgan landshaft sifatida ham rivojlanishi mumkin. Binobarin, viloyatning hududiy siyosati ko‘proq shu tumanlarga qaratilishi lozim. Ayniqsa Arnasoy, Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod
Jnzzax vnloyatn njtimonn va iktisodiy rnvojlannshnnnng asosiy indnkayurlari

t/r

Xududlar

sh

Qishlok xujalik maxsulotn

xim

Pudrat ishlari

Maka­na
savdo

Pullik
XIChME1

Kapital kunil-
m al ar

1

Arnasoy

0,20]

1,118

0,409

0,334

0,369

0,697

2,083

2

Baxmal

0,405

1,150

0,844

0,773

0,716

0,478

0,709

3

Do‘stlik

4,659

2,078

3,201

0,849

0,995

0,697

0,677

4

Jnzzax

0,515

0,709

0,483

0,775

0,561

0,713

0,571

5

Zarbdor

0,984

1,386

0,373

0,745

0,379

0,676

0,798

6

Zafarobod

1,433

1,552

0,403

0,266

0,173

0,534

0,414

7

Zomin

0,598

0,837

0,368

0,618

0,665

0.541

0,750

8

Mirzachul

0,320

1,810

0,485

0,559

0,906

0,831

0,546

9

Paxtakor

1,570

1,408

0,413

0,895

0,966

0,648

0,593

!0

Forish

0,462

0,768

0,435

0,651

1,029

0,455

0,708

P

G‘allaorol

0,209

1,000

0,423

0,502

0,834

0,634

0,897

12

Yangiobod

0,207

1,405

0,436

0,591

0,726

0.297

1,009

13

Jizzax sh.

2,293

0.159

3,399

3,260

2,949

3,603

2,623




Vnloyat bo‘yicha

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000

1,000


Download 296 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling