Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati
Download 296 Kb.
|
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqa xo‘jaligi va uning tarkibi
Mirzacho’l iqtisodiy rayonida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanish xususiyatlari Reja: Jizzax viloyati Geografnk o‘rnn va tabniy resurs saloxiyati Sirdaryo viloyati Iktisodiy geografik o‘rnn va tabiiy resurelari Mintaqa xo‘jaligi va uning tarkibi Mirzacho‘l iqtisodiy rayonn o‘tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,4 ming kv. km. bo‘lib, respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo‘yicha bu ikki ma’muriy xudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. bo‘lib, Sirdaryonikidan deyarli 5 marta katta. Mazkur iqtisodiy rayon aholisi 1990,5 ming kishi yoki Uzbekiston aholisining 6,5 foiziga yaqini shu xududda yashaydi. Maydoni bo‘yicha ham, demografik salohiyati bo‘yicha xam Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik xisoblanadi. Bu yerda rayon xosil qiluvchi asos sifatida yangi yerlarni o‘zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy mexnat taqsimotida Mirzacho‘l respublikamizda, eng avvalo, o‘zining agrosanoat majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo‘jaligi paxta, poliz ekinlarini yetishtirishga, g‘allachilikka ixtisoslashgan. Uning xissasiga Uzbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,1 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 3,7 % va qishloq xo‘jalik maxsulotining 8,9 foizi to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Mirzacho‘l endi shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to‘liq siklga ega bo‘lmagan iqtisodiy makon xisoblanadi. Hududi ham aniq chegaraga ega emas (odatda, har qanday geografik chegara ma’lum ma’noda shartlidar); agar Sirdaryo tumani Toshkent viloyatining davomidek tuyulsa, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol va, e(atto Jizzax shaxrining o‘zi ham Samarqandga ancha "o‘xshash". Biroq, qo‘shni hududlardan farqli o‘larok, Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali kazilmalarga uncha boy emas. Bunga uning geologik o‘tmishi, yer usti ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qulay iktisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya ba’zasining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Zaif tomonlari esa kazilma resurslarining ozligi, iqtisodiy "zanjirining" to‘liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir. Boshqacha qilib aytganda, Mirzacho‘l Toshkent va Zarafshon iktisodiy rayonlari o‘rtasida o‘ziga xos "vakuum" xisoblanadi. Ayni vaktda, rayon o‘zining bunday oraliq geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin. Download 296 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling