Jizzax viloyati Jizzax shahar
Download 0.5 Mb.
|
1-soatlik dars 5-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Litosfera va uning harakatlanishi Darsning maqsad va vazifalari Ta`limiy maqsad
- Rivojlantiruvchi maqsad
- O`tilgan mavzuni takrorlash.
Jizzax viloyati Jizzax shahar 27-umumiy o`rta ta`lim Maktabining geografiya fani o`qituvchisi Yo’ldosheva Dilafruzning 8-sinf geografiya Fanidan yozgan bir soatlik DARS ISHLANMASI M AVZU: Litosfera va uning harakatlanishi
Mavzu: Litosfera va uning harakatlanishi Darsning maqsad va vazifalari Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish ,ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish. O`quvchilar gageografi o`rin haqida tushuncha berib, O`zbekistonning tabiiy, iqtisodiy, siyosiy o`rinlarining ahamiyati haqida tushuncha berish, ma`lumot berish ,ko`nikma va malakalarni aniqlash Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga ma`lumot berish,ko`nikma va malakalarni aniqlash, jamoa bilan ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifalarni bajarishda ma`suliyat sezish , malaka va ko`nikmalarni tarkib topdirish Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`rgatish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish hozirjavoblik ,topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. Geografik ob`yektlar, joy nomlarini to`g`ri qo`llay olish kompetensiyasi:O`zbekistondagi geografik ob`yektlar, joy nomlarini,foydali qazilma konlari,daryolar, ko`llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to`g`ri qo`llay olish DARSNING BORISHI I.Tashkiliy qism( 5minut) II.O`tilgan mavzuni takrorlash (10minut) III. Yangi mavzu bayoni.(20minut) IV.Mustahkamlash(5minut) V.baholash(3minut) VI.Uygavazifa(2minut) O`tilgan mavzuni takrorlash. 1.O`zbekiston Respublikasining yer maydonini ayting? 2.Mehnat unumdorligi deganda nimani tushunasiz? 3.Qaysi sinf geografiya darslarida tabiiy geografiya kurslario`tiladi? Yangi mavzu bayoni Litosfera — Yerning qattiq qobig‘i. Yunoncha «litos» — tosh, «sphaira» — shar, ya’ni toshqobiq degan ma’noni anglatadi. Litosferaga Yer po‘sti va mantiyaning yuqori qismi kiradi. Yer po‘sti uch qavat tog‘ jinslaridan iborat (30-rasm). Birinchi qavatda asosan cho‘kindi jinslar bo‘ladi. Ular — quruqlikda va suvda jinslarning cho‘kib, o‘tirib qolishidan hosil bo‘ladi. Ular gil, ohaktosh, qum, qumtosh, bo‘r jinslari bo‘lib, qatlam-qatlam holda yotadi. Bu qatlamlar Yerning o‘tgan zamonlardagi tabiati yozilgan kitobga o‘xshaydi. u qatlamlarni o‘rganib, geologlar minglab, millionlab yillar davomida Yerda tabiat qanday bo‘lganini bilib olishadi. Bir parcha bo‘r yoki ohaktoshni mikroskopda ko‘rsangiz, uning butunlay mayda jonivorlarning chig‘anog‘i va suyaklari ekanini bilib olasiz. Ular millionlab yillar ilgari suvda yashagan qadimgi jonivorlar va o‘simliklar qoldiqlaridir (31-rasm). Toshko‘mir va neft ham shunday qoldiqlardan hosil bo‘lgan. Mustahkamlash(5minut) 1. Litosfera nima va u qanday qatlamlardan iborat? 2. Yerning o‘tgan zamonlardagi tabiati qanday bo‘lganini olimlar nimalardan bilishadi? 3. Mineral boyliklarning turlari? Uyga vazifa: Keyingi mavzuni kanspektlashtirib ,o`qib kelish. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling