Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanidagi 3-sonli dmtt direktori


Download 18.37 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1599665
Bog'liq
2-topshiriq zulfiya

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi


3-sonli DMTT direktori
Ikromova Umida Raxmatovnaga
Tashkilot tarbiyachi yordamchisi
Ikromova Zulfiya Farxod qizi nomidan

ARIZA
Arizamning mazmuni shundan iboratki , Menga Iqtisodiy bilimlarimni oshirish maqsadida Jizzax shahar Manomarkaz qoshida ochilgan “Kompiyuter texnologiyalarini o’rganash” kursida o’qishim uchun o’z hisobimdan 01.06.2023 yildan 01.08.2023 yilga qadar mehnat ta’tili berishingizni so’rayman.


30.05.2023 Imzo Z.Ikromova


ISHONCHNOMA


Men, Ikromova Zulfiya Farxod qizi Iqtisodiy bilmlarimni oshirish maqsadida Jizzax shahar manomarkaz qoshida ochilgan “Kompiyuter texnologiyalarini o’rganish kursida” ta’lim olayotkanligim sababli , turmush o’rtog’im Ikromov To’lqinga Sharof Rashidov tuman 3-sonli DMTT tashkilotidan aprel oyligi ish haqqimni olish uchun ishonch bildiraman.
2023yil 05.30 (imzo) Z.Ikromova
Z.Ikromova imzosini tasdiqlayman.
3-son DMTT direktori imzo U.Ikromova
2023.05.29.

Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi


Ikromova Zulfiya Farxod qiziga
TAVSIFNOMA
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan.
Pedagogik faoliyati 3 yil. Mazkur vazifada 2020 yildan ishlamoqda.
Z.Ikromova ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javoban bilimdon va yetuk kelajak avlod vakillarini tarbiyalash maqsadida har bir mashg‘ulotni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, maktabgacha ta’lim tashkilotida yosh avlodni munosib tarbiyalash borasida ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Z.Ikromova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarining iqtidorli bolalari tuman va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan ko‘rik tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
Uning talabchanligi o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondashishi natijasida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zumradoylar” ko‘rik tanlovida Zulfiya Ikromova fahrli birinchi o‘rinni,”Iste’dodli bolajon” iqtidorli bolalar tanlovida Zulfiya Ikromova birinchi o‘rinni, ” Yo‘l harakati-umr foydasi” ko‘rik tanlovida tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari faxrli birinchi o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan.
2020 yil Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilgan avgust kengashida faol ishtiroki uchun Sharof Rashidov tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan faxriy yorliq bilan;
2021 yil Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari uchun test savol javoblari onlayn guruhida faol ishtiroki uchun “Tashakkurnoma” bilan;
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”kasbiy ko‘rik tanlovining Jizzax viloyat bosqichida “Eng yaxshi loyiha ishi tarbiyachisi ”nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali DIPLOM bilan taqdirlanib,shu kabi bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritib Maktabgacha ta’lim tizimiga o‘zining samarali mehnatlari bilan o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Zulfiya Ikromova Maktabgacha ta’lim sohasida axborot tenologiyalari va innovatsion g‘oyalarni yaratish maqsadida juda ko‘p izlanishlar olib bormoqda.
Zulfiya Ikromova ta’lim-tarbiya jarayonida, mahalla, maktab hamkorligida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ko‘proq jalb qilish borasida ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda,tashkilotga bolalarni qabul qilishda Respublikaning EMIS dasturi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda o‘zinig faol harakatlari bilan na’muna bo‘lib kelmoqda.
Zulfiya Ikromova o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada ham jamoat ishlarida, turli tadbirlarda faol ishtirok etib,mahalladoshlari orasida ham o‘z obro‘-e’tiboriga ega.
Mehnatsevar, kamtar, el-yurt manfaati hamda yoshlar tarbiyasi yo‘lida o‘z kuch-g‘ayratini ayamaydigan jonkuyar xodim Zulfiya Ikromova ,tashkilot xodimlari o‘rtasida izlanuvchanligi, talabchanligi, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida ma’suliyat bilan yondashib bajarishi bilan tashkilot jamoasi va ota-onalar ichida o‘z hurmat-e’tibori, o‘z mavqeiga ega.
Kelajakda Zulfiya Ikromova oliy malumotli, salohiyatli pedagog kadr bo‘lishiga ishonaman.

Sharof Rashidov tuman 3-sonli Davlat


maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori: U.Ikromova
Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling